• ASOSIY QISM.
  • “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet227/352
    Sana23.01.2024
    Hajmi44,19 Mb.
    #143802
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   352
    Bog'liq
    46-44-PB

     
     “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
    UZBEKISTAN” JURNALI 
    VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
    ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
    259 
    bilan belgilanadi. Bu pedagogika tarixi uchun talaba shaxsida hosil qilingan bilim 
    emas, balki uning komil insonlik darajasi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.[1] 
    Shaxs ma’naviy fazilatlarining qaysidir bir miqdori tug‘ma bo‘lsa-da, asosan, 
    ta’lim va tarbiya vositasida shakllantiriladi. Shunday ekan, pedagogika tarixi jamiyat 
    taraqqiyotida, xalqimizning, shu jumladan, yoshlarimizning mentaliteti va ma’naviy 
    qiyofasini shaklantirishda muhim ahamiyatga ega. 
    ASOSIY QISM. Shuni aytish joizki, ta’limnign aynan bir ko‘rinishida, ya’ni 
    darslarda o‘quvchilarning yuqori sifatli bilim olishlarini ta’minlash orqali ularning 
    barkamol hamda yetuk shaxs sifatida kamolga yetishlarini ta’minlash mumkindir. 
    Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday 
    ta’rif bergan edi: “Ta’lim, - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy 
    fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy 
    kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish 
    bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning 
    amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni, 
    o‘rganishidir”. [2] 
    Ayni holatda, urg‘u bermoqchi bo‘lgan mavzumiz boshlang‘ich sinflarda 
    sinfdan tashqari o‘qishni tashkil qilish metodlaridir. Ma’lumki, sinfdan tashqari 
    o‘qishni tashkil qilish orqali o‘quvchilarning bilim samaradorligini bir necha 
    barobar oshirishimiz lozimdir. 
    Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda 
    kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid 
    kitoblami tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham mustaqil o‘qiydigan faol 
    kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy 
    quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi. STO‘ning 
    maqsadi o‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam 
    kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni 
    tarbiyalashdir.
    Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO‘ darslari tashkil etilgan. STO‘ 
    darslari 1-2 -sin fd a haftada 1 marta, 3—4-sinfda 2 haftada 1 marta o‘tkaziladi. 
    Savod o‘rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17 -20 daqiqasi 
    ajratiladi.[3] 

    Download 44,19 Mb.
    1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   352




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish