|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 216/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
245
ma’lumotlarning manbasini aniq va ravshan holda asarlarida keltirib o‘tgan.
Shuningdek, Beruniyning “Hindiston”, “Saydana”, “Mineralogiya” nomli asarlari
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha eng qimmatbaho asarlar sanaladi.
MUHOKAMA. Bugungi kunda Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ilmiy
asrlarini targ‘ib etish uchun uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar,
tanlovlar va chellenjlar o‘tkazish lozim, deb o‘ylayman. Masalan, men “Abu Rayhon
Beruniyni bilamizmi?” nomli chellenjni o‘tkazgan bo‘lardim. Chellenjning
o‘tkazilish tartibi va shartlari shundan iboratki, jamoat joylarida yoki universitet
hududida ixtiyoriy talaba intervyu shaklida savol-javob qilinadi. Bunda Beruniyning
hayoti va ijodiga doir 10 ta savol tuziladi. Eng ahamiyatli joyi shundaki, ushbu
chellenj ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, telegram, youtube, instagram va facebook
sahifalarida doimiy ravishda yoritib boriladi va bir hafta davom etadi. 10 ta savoning
hammasiga to‘liq javob berganlar Abu Rayhon Beruniyning “Tanlangan asarlar”i
bilan, savollardan 8, 9 tasiga javob berganlar esa Beruniyning 100 ta hikmati
jamlangan kitoblar bilan, 6, 7 ta savolga to‘g‘ri javob berganlar esa esdalik
sovg‘alari, masalan, daftarlar bilan taqdirlanadi.
Ushbu loyihaning ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borilishi hamda savollarga yaxshi
javob bergan ishtirokchilarning taqdirlanishi ko‘pchilik odamlarning chellenjda
ishtirok etish istagi paydo bo‘lishiga olib keladi. So‘ngra talabalarning o‘zlari
Beruniy haqida o‘qib-o‘rganishni boshlaydilar. Chunki ixtiyoriy talaba loyiha
ishtirokchisi bo‘lishi mumkin va qimmatbaho kitoblarga ega bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari yana ko‘plab loyihalarni o‘tkazish mumkin. Masalan,
universitetda fakultetlararo “Beruniy va biz” nomli ko‘rik tanlov o‘tkazish mumkin.
Ushbu tanlovning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
1. Talabalar 10 kishidan oshmagan jamoa ko‘rinishida tanlovda ishtirok
etishadi. Har bir fakultetdan istagancha jamoa qatnashishi mumkin.
2. Beruniyning o‘zining qalamiga mansub asarlar va u haqida yozilgan
asarlardan foydalangan holda Abu Rayhon Beruniyning hayoti va imiy
faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishini tashkil qilish.
3. Beruniyning olib borgan izlanishlarining natijalarini bugungi kundagi
texnologiyalar natijalari bilan solishtirib, buni bayon qilish.
XULOSA. Abu Rayhon Beruniyning olib borgan ilmiy tadqiqotlari tahsinga
sazovordir. Uning hayoti va ilmiy asarlarini talabalar o‘rtasida va keng jamoatchilik
|
| |