Research science and innovation house




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

Kalit so‘zlar: kunya, astronomiya, mineralogiya, dinshunoslik, geodeziya, 
loyiha, ma`danshunoslik, sotsiolog, mantiqshunos, manbashunos.
Kirish. Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan keyin, mustaqillik yillarida jahon 
ilm-fani, madaniyati va san’ati rivojiga, bashariyat ma’naviyati takomiliga o‘zining 
ulkan hissasini qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, shu 
bilan birga, ularning ibratli hayoti va ijodi, benazir kashfiyotlarining olamshumul 
ahamiyati haqidagi bilimlarni yurtdoshlarimiz orasida ommalashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, buyuk 
bobokalonlarimizning qimmatbaho meroslari bo‘lmish ilmiy va ijodiy asarlarini 
o‘rganish, o‘zbek tiliga tarjima qilish va keng jamoatchilikka taqdim etish ishlari avj 
oldi. 
Xalqimiz butun dunyo ilm-fani, madaniyati va ma`naviyati takomillashuviga 
ulkan hissa qo‘shgan ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek va 
boshqa ko‘plab ajdodlarimiz bilan faxrlanishga haqlidir. Shuningdek, ularning ilmiy 
merosini tadqiq etish bugungi kunning bosh mavzusi hisoblanadi. 
“…Barchamiz yaxshi tushunamizki, erishilgan bilimlarni, o‘tmishda, jumladan, 
o‘rta asrlar sharqida amalga oshirilgan olamshumul kashfiyotlarni chuqur 
o‘zlashtirmasdan turib na ilm-fanda, na boshqa sohalarda yangi, yanada yuksak 


 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
242 
marralarni zabt etib bo‘lmaydi. Biz kelgusi faoliyatimizda ham ayni shu tamoyilga 
qat’iy amal qilamiz… 
…Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk 
ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytaman. Ayni 
vaqtda “Faqat g‘urulanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular 
kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik”.
1
Jahonshumul ishlari, ilmiy merosi bilan butun dunyoga tanilgan bobokalonimiz 
Abu Rayhon Beruniyning asrlarini o‘rganadigan, tadqiq qiladigan bo‘lsak, fikrlash 
doiramizni ancha kengaytirishimizga to‘g‘ri keladi va buning natijasida turli-tuman 
sohalardagi qimmatbaho bilimlarga ega bo‘lamiz. Prezidentimiz Shavkat 
Miromonovich Mirziyoyevning Xorazm viloyati saylovchilar vakillari bilan 2016-
yil 11-noyabrdagi uchrashuvida: “… Sevimli shoirimiz, O’zbekiston Qahramoni 
Abdulla Oripovning “Ummon ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql mash’ali”, - deya 
ta’kidlashi Beruniyning buyukligiga, o‘sha davrda jahon ilm-fan merosining deyarli 
barcha sohalariga qo‘shgan hissasi tahsinga sazovorligiga ishoradir”
2
 

Download 44,19 Mb.
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish