“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
243
sababli u “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atalgan deyishadi.
Uning kunyasi
4
“Abu Rayhon” (“rayhonning otasi” yoki “rayhonli kishi”) haqida
aniq bir fikr aytish qiyin. “I. Y. Krachovskiy bu atoqli ot ma’nosini anglatishi
ehtimoldan uzoq, ammo “rayhonli kishi” ma’nosida laqab bo‘lib kelgan bo‘lsa
kerak, deydi. Beruniy bolalik chog‘idayoq botanikaga
qiziqqani uchun shunday
laqab berilgan bo‘lishi ham mumkin”
5
.
Beruniyning bolaligidanoq ilm-fanga qiziqishi, qobiliyati kuchli bo’lgan. Lekin
uning boshlang‘ich ta’limni kimdan va qayerda olgani to‘g‘risda aniq ma’lumotga
ega emasmiz. O‘sha paytlarda Xorazmda ilm-fanning turli tarmoqlarida yutuqlarga
erishgan, ilm-fanni puxta egallagan olimalr yashagan. Beruniy, shubasiz, o‘sha
olimlardan ta’lim olgan. U o‘zining ona tili bo‘lmish xorazm tilidan tashqari, yana
bir nechta tillarni: sug‘diy, fors, yunon va qadimgi yahudiy tillarini o‘rgangan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, u turli tillardagi asarlarni mutolaa qilish, ko‘plab sohalar
bo‘yicha bilimlar olish imkoniga ega bo‘lgan.
Beruniyning bizga qoldirgan merosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, “1035 – 1036-
yillari Beruniy o‘zi yozgan asarlari ro‘yxatini tuzgan va mazkur ro‘yxatda 113 ta
asarning nomini keltiradi. Bu asarlardan 70 tasi astranomiyaga, 20 tasi
matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 3
tasi mineralogiyaga, 4 tasi
kartografiyaga oiddir. Agar olimning shundan keyin yashagan 13 yil ichida yozgan
50 dan ziyod asarlarini ham qo‘shadigan bo‘lsak, ularning umumiy soni 160 dan
oshadi”
6
. Yana ayrim manbalarda Beruniy asarlarining soni 200 dan oshishi haqida
ma’lumotlar keltiriladi.
Beruniyning yozgan har bir asari uning yangi bir qirrasini kashf etadi va bu
asarlarni o‘rganish jarayonida Abu Rayhon Beruniyning buyuk serqirra olim
ekanligiga amin bo‘lamiz. Uning dastlabki asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Al-osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya”) asari 27
yoshida yozib tugallangan. Ushbu asarda qadimgi Xorazmda o‘tgan xalqlarning,
millatlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-
odatlari, an’analari,
bayramlari, taqvimlari, dinlari, payg‘ambarlari, muqaddas
kitoblari haqidagi barcha ma’lumotlar jamlagan. Bu asar yevropada “Xronologiya”
nomi bilan mashhur bo‘lib, Qobus ibn Vashmgirga bag‘ishlangan. Abu Rayhon
4
Kunya – shajarani bildiradigan laqab.
5
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Fan. 1968
6
Baxtiyor To`rayev. Abu Rayhon Beruniy. – Toshkent: “Tafakkur”, 2015.