“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
290
Dyufurning (1841) monografiyasida to‘liq tavsiflangan va u asalarilarning mayda
zaharli bezlari haqida juda ko‘p qimmatli ma'lumotlarni yozib qoldirgan.
Asalarilarning biologik va anatomik tuzilishiga qarab ikki xil zahar bezlari mavjud
bo‘lib, ular katta zahar bezi va kichik zahar bezidan iborat. Ishchi asalarilarning
zahar bezining uzunligi 9-20 mm, ona asalarilarniki esa 30-49 mm. Asalarilarning
zaxar qopchasida zaharning to‘planishi uning zotiga, yil fasliga va istemol qilgan
ozuqasiga bog‘liq bo‘lib, bir dona asalari chaqishida zahar miqdori 0,2-0,4 mg ni
tashkil qiladi. Asalari zahari rangsiz, tiniq suyuqlik bo‘lib, xushbo‘y hid va achchiq
nordon ta’mga va kislotalik xususiyatga ega. Taqqoslama og‘irligi 1,1313 ga teng.
Zahar havoda tez qotadi.