|
Tadqiqot materiallari va metodikasi Pdf ko'rish
|
bet | 256/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
Tadqiqot materiallari va metodikasi: Zahar tarkibi suv, zaharli oqsil, xlorid
ortofosfat kislota, chumoli kislota, efir moylari bo‘lib, bu moddalar asosan inson
tanasini shikastlaydi va bezovta qiladi. Bundan tashqari, K, Ca, P, Fe, Mg, Cu, Ru,
Li, Mn, Cl, I, S, gistamin va fosfolipaz-A kabi moddalar borligi qniqlangan. Asalari
zahari uzoq yillar davomida quruq joyda saqlanishi mumkin. Hatto +2, -7, -15 C
harorat ham zaharni saqlash uchun qulay muhit hisoblanadi. Asalari zahari
organizmda yurak mushaklarining ishini kuchaytiradi va arterial qon bosimini
pasaytirish imkonini beradi. Asalari zahari metabolizmga ayniqsa samarali ta'sir
ko'rsatadi, bu qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish zarur bo‘lganda,
aterosklerozda ayniqsa muhim hisoblanadi. (Special Issue 6), 964-967 b.
Tadqiqot natijalari: Asalari chaqqanda, stilet, ya’ni nayza qismi chaqishi
bo‘ylab tashqariga chiqib, tanaga sanchiladi va nayzasidagi chaqishning
harakatiga qarama-qarshi joylashgan asalarilarning ilgaklari nishni tortib olishga
yo'l qo‘ymaydi va asalarilar uchishga harakat qilganda, uning nayzasi uzilib
qoladi.Bu vaqtda ari zaxar qopchasidan organizmga 0,2-0,3 mg zahar oqib chiqadi.
Asalarilar chaqgandan so‘ng shikastlanganda 3-4 soatdan keyin nobud bo‘ladi.
Asalari zahari ishchi asalarilarning kata va kichik zahar bezlari tomonidan ishlab
chiqariladi, zahar qopchasida saqlanadi va ortiqcha zahar ari chaqqanda
organizmga singib ketadi. Asalari zahari tarkibi 60 foizgacha suvni o‘z ichiga oladi
va u havoda tez qotib qoladigan achchiq va kuydiruvchi ta’mga ega sarg‘ish
suyuqlikdir.
Quruq zahar tarkibida juda ko‘p oqsillar, aminokislotalar, yog‘lar, chumoli
kislotasi va noorganik birikmalarga qaraganda ko‘proq magniy mavjud. Voyaga
yetgan asalarilar 0,4-0,6 mg zahar ajratadi, asalarilarad zahar bezlar asalari
|
| |