• Po‘latni chala yumshatish
  • Po‘latni to‘la yumshatish




    Download 437,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet14/29
    Sana05.02.2024
    Hajmi437,29 Kb.
    #151533
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
    Bog'liq
    ResearchGate-fayllar.org
    YTT Korxonasi, xususiy korxona, AJ Korxona (2), 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info, Oilaviy korxona
    Po‘latni to‘la yumshatish
    To‘la yumshatishda evtektoiddan oldingi po‘lat A
    s3
    dan 30—50 °C
    yuqori haroratda qizdiriladi, shu haroratda to‘la qi- ziguncha tutib
    turiladi va sekin sovitiladi. Bu holda ferrit perlitli tuzilishi
    qizdirilganda austenitli tuzilishga aylanadi, so‘ngra sekin
    sovitilganda qaytadan ferrit va perlitga aylanadi. To‘la qayta
    kristallanish sodir bo‘ladi.
    Amalda qizdirish tezligi odatda 100 grad/soatga yaqin bo‘ladi, shu
    haroratda tutib turish vaqti esa 1 t qizdiriladigan metallga 0,5 dan
    1 soatgacha bo‘ladi. A
    s3
    nuqta tepasida qiz- dirish haroratini haddan
    tashqari oshirib yuborish austenit donlarning o‘sishiga olib keladi,
    bu esa po‘latning xossalarini yomonlashtiradi. Sekin sovitish
    austenitning parchalanishini ta’minlashi kerak. Legirlangan
    po‘latlar uglerodli po‘latlarga (150—200 grad/soat) qaraganda
    ancha sekin (10—100 grad/soat) sovitiladi.
    To‘la yumshatishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad: metallga
    oldindan ishlov berishda (quyish, qizdirib deformatsiyalash,
    payvandlash va termik ishlov berish) paydo bo‘lgan nuqson- larni
    yo‘qotish, metallarga kesib ishlov berishdan oldin po‘latni
    yumshatish va ichki zo‘riqishlarni yo‘qotishdan iborat.
    1.
    Po‘latni chala yumshatish


    Chala yumshatish evtektoidda A
    s1
    dan yuqori haroratda qizdirish va
    sekin sovitishdan iborat. Bunda perlitni tashkil etuv- chi donlar
    qisman qayta kristallanadi.
    Agar dastlabki qizdirib ishlov berishda yirik donlar yuzaga kelmagan
    bo‘lsa, evtektoiddan oldingi po‘latlar ichki zo‘riqish- larni
    yo‘qotish va kesib ishlanuvchanligini yaxshilash maqsadida chala
    yumshatiladi. Evtektoiddan keyingi po‘latlarni chala yumshatish
    sferoidlash uchun yumshatish deyiladi. Sferoidlash uchun yumshatish
    natijasida donador perlit tuzilishi hosil qi- linadi. Sferoidlash
    paytida sekin sovitish kerak, shunda austenit ferrit-karbid
    aralashmasiga parchalanadi va hosil bo‘lgan karbidlar bir-biriga
    yopishib yiriklashadi (koagulatsiya).
    Izotermik yumshatish
    Amalda vaqtni tejash maqsadida ko‘pincha izotermik yumshatishdan
    foydalaniladi. Bu holda po‘lat qizdiriladi, so‘ngra evtektoidda A
    s
    1
    dan 50—100 °C past haroratga qadar tez sovitiladi (ko‘pincha
    boshqa pechga o‘tkaziladi). Po‘lat shu haroratda austenit to‘la
    parchalangunga qadar tutib turiladi, shundan keyin havoda sovitiladi.
    Hozirgi vaqtda legirlangan po‘latlarni izotermik yumshatish ko‘p
    qo‘llaniladi, chunki bunda jarayon davomiyligi qisqaradi.
    Sof holda yumshatish himoya atmosferasini tatbiq etgan holda yoki
    qisman vakuum pechlarda to‘la yoki chala yumshatish tartibida amalga
    oshiriladi. Sof holda yumshatish jarayonini ishlatilgan karburizator,
    cho‘yan qirindisi va shu kabilar solin- gan qutilarda o‘tkazish
    mumkin.
    Sof holda yumshatish sovuqlayin yoyiladigan tasma, sim va hokazolar
    olish uchun, shuningdek, metall si it ini oksidlanish va
    uglerodsizlanishdan saqlash maqsadida galvanik usulda qop- lanadigan
    detallar olish uchun qo‘llaniladi.
    1.

    Download 437,29 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




    Download 437,29 Kb.
    Pdf ko'rish