ResearchGate




Download 437.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana05.02.2024
Hajmi437.29 Kb.
#151533
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
ResearchGate-fayllar.org
YTT Korxonasi, xususiy korxona, AJ Korxona (2), 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info, Oilaviy korxona


ResearchGate
ResearchGate
See discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/344099130
MATERIALSHUNOSLIK
Book ■ September 2020
C
READS
52,710
ITATIONS 0
2 authors, including:
Akramjon Matkarimov Universitat Bremen
6 PUBLICATIONS 0 CITATIONS SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by Akramjon Matkarimov
on 04 September 2020.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
A. Matkarimov, F. Ahmadjonov
MATERIALSHUNOSLIK
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 4- nashri
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT - 2017
UO‘K: 621.1(075) KBK 30.3ya722 M31
/ikv Mazkur o‘quv qoilanma 0‘zbekiston—Shveysariya ПН
w
' loyihasi doirasida yaratilgan
Ilmiy-uslubiy
Bahodir Haydarov — O‘zbekiston- maslahatchi
Shveysariya „Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish“ loyihasining
milliy mas- lahatchisi.
Taqrizchilar
:
Tojiddin Almatayev — Andijon muhan- dislik-iqtisodiyot
instituti „Transport vo- sitalaridan foydalanish“ kafedrasi mu- diri;
Abduqahhor Zafarov — Andijon davlat universiteti „Kasbiy
ta’lim“ kafedrasi mudiri.
M a x s u s
Odiljon Parpiyev — Andijon muhan-
muharrir dislik-iqtisodiyot instituti „Umumtexnika
fanlari“ kafedrasining mudiri.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining „Mashinasozlik
texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni
avto- matlashtirish“ ta’lim yo‘nalishining „Avtomatlashtirilgan
tizimlarni ta’- mirlash va sozlash“ mutaxassisligi o‘quv
rejasidagi „Materialshunoslik va materiallarni tekshirish“ fani


bo‘yicha ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yozilgan.
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining shu soha mutaxassisligi
bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lsa-da, undan kasb-hunar kollejlarining boshqa ta’lim
yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilari ham
foydalanishlari mumkin.
©
ISBN 978-9943-22-157-4
A. Matkarimov, F. Ahmadjonov. © „O‘qituvchi“ NMIU, 2017
SO‘ZBOSHI
Asoslari „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ da ochib berilgan,
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi — ta’limning yangi turi bo‘lib,
u o‘ziga xos xususiyatlarining mavjudligi va mazmunan betakrorligi
bilan ajralib turadi. Shu sababli, uning ilmiy va o‘quv-uslubiy
asoslarini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda
Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayot- gan O‘zbekiston—
Shveysariya „Kasbiy ko‘nikmalarni rivoj- lantirish“ loyihasining
maqsadlaridan biri kasb-hunar kollejlari uchun maxsus o‘quv
qo‘llanmalar yaratishdan iboratdir.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining „Mashi- nasozlik
texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni
avtomatlashtirish“ ta’lim yo‘nalishining „Avtomat- lashtirilgan
tizimlarni ta’mirlash va sozlash“ mutaxassisligi o‘quv rejasidagi
„Materialshunoslik va materiallarni tekshirish“ fani bo‘yicha
ishlab chiqilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yozilgan.
Qo‘llanmaning birinchi bobida texnik metallar, metallo- grafiya,
kristallografiya, metallarning fizik, kimyoviy, mexanik va texnologik
xossalari berilgan. Shuningdek, metallurgiya, rudalarni boyitish,
yonilg‘ilar, Domna pechi, Marten pechi, quymalar haqida hamda
quymachilik haqidagi ma’lumotlar: model, sterjen, qolip, quyma olish
texnologik jarayonlari va quymachilik usuli bilan olinadigan detallar
haqida ma’lumotlar berilgan.
Ikkinchi bobda temir-uglerod qotishmalarining tasnifi, konstruksion
po‘latlar, po‘lat guruhlari, cho‘yan kabi asosiy tushunchalar
berilgan.
Uchinchi bobda metallarga bosim ostida ishlov berish usullari, mo‘rt
metallar, deformatsiya turlari, metallarni pro- katlash, metallarni
cho‘zish va presslash, metallarni bolg‘alash, shtamplash turlari
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, po‘latga termik
ishlov berish: yumshatish, me’yorlash, toblash va ularning usullari
haqida batafsil ma’lumotlar bayon etilgan.
To‘rtinchi bob metallmas konstruksion materiallarning tasnifi,
plastmassalar va ularga ishlov berish usullari kabi tushunchalarni


o‘z ichiga olgan.
Qo‘llanmaning beshinchi bobida metallarni smash usullari bayon
qilingan. Qattiqlikni Brinell, Rokvell va Shor usullari bilan
o‘lchash, shuningdek, materiallarni cho‘zishga sinash haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Qo‘llanmaning oxirida amaliy topshiriqlar va ularni bajarish
bo‘yicha qisqacha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda O‘zbekiston- Shveysariya
„Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish“ loyihasining xalqaro
ekspertlari Sigrid Jordan, Hans Deytchman, Volter Zefelderlarning
qimmatli maslahatlari inobatga olingan. Shuningdek, loyiha
ekspertlari O‘zDAEWOO korxonasi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi
menejeri A.To‘xtaboyev, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti
„Umumtexnika fanlari“ kafedrasining mudiri O. Parpiyevlarning o‘quv
qo‘llanma yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari e’tiborga olindi.
Mualliflar o‘quv qo‘llanma haqida bildiriladigan fikr- mulohazalar
uchun oldindan o‘z minnatdorchiliklarini bil- diradilar.
1.
BOB
METALLAR VA QOTISHMALAR, ULARNING XOSSALARI
Bu bobda keltirilgan mavzularni o‘rganish natijasida quyidagi bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:

materialshunoslik fanining mazmuni, maqsad va vazifalari;

konstruksion materiallar, ularning sanoat va texnikadagi
roli;

metallarning kristall tuzilishi;

kristall panjaralarning turlari;

real kristallarning tuzilishi;

materiallarning mexanik, fizik va kimyoviy xossalari;

materiallarning elektr va magnit xossalari;

materiallarning texnologik xossalari.


1.

Download 437.29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 437.29 Kb.
Pdf ko'rish