Qotishmalarning xossalari




Download 437,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana05.02.2024
Hajmi437,29 Kb.
#151533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
ResearchGate-fayllar.org
YTT Korxonasi, xususiy korxona, AJ Korxona (2), 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info, Oilaviy korxona
Qotishmalarning xossalari
Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan
olingan murakkab jism
qotishma deb aytiladi. Bunga misol sifatida
cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va boshqalarni
keltirish mumkin.
Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning
kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan bu- yumni
maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan ham olish
mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metall- keramik detallar shu


yo‘sinda olinadi.
Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining diametrlariga,
kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish haroratiga ko‘ra:
mexanik aralashma, kimyoviy birikma va qattiq eritmaga bo‘linadi.
Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa,
qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq holatda
mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan kristall
donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi.
Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari
kristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday ele-
mentlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviy
birikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha
metall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi.
Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa, sof
metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol uchun,
temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilan qattiq eritma hosil
qiladi.
Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysi
elementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element
eri-
tuvchi element deb, kristall panjarasi saqlanmagan element esa
eruvchi element deb aytiladi va A (B), A — erituvchi, B — eruvchi
deb nomlanadi.
Qotishmalar tarkibiga kirgan elementlarning o‘zaro muno- sabatlariga
ko‘ra, elementlarning eruvchanligi turlicha bo‘ladi. Misda nikel,
nikelda mis xohlagancha eriydi.
Hamma metallar ham bir-birida yaxshi eriyvermaydi. Ba’zi elementlar
yaxshi, o‘rta, yomon va ba’zilari, umuman, erimas- ligi mumkin.
Rentgen nurlari yordamida tekshirilganda shu narsa aniqlandiki,
eruvchi element atomlari bilan erituvchi element atomlari o‘rin
almashuvi natijasida qattiq eritma hosil bo‘ladi.
Atomlarning bunday o‘rin almashuvi uchun A va B elementlarning
kristall panjaralari bir xil bo‘lishi va atomlar radiuslari bir-
biriga yaqin bo‘lishi kerak.
Odatda, qotishmani hosil qiluvchi asosiy komponentlar- dan tashqari,
qotishma tarkibida oz miqdorda boshqa elementlar ham mavjud bo‘ladi
va ular
qo‘shimchalar deb yuritiladi. Bu qo‘shimchalar qotishmaga
rudani eritib olayotganda yoki qotishma eritilayotganda tushadi. Ular
qotishmaning xossalariga aytarli ta’sir etmaydi.
1.

Download 437,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 437,29 Kb.
Pdf ko'rish