ResearchGate




Download 437,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana05.02.2024
Hajmi437,29 Kb.
#151533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
ResearchGate-fayllar.org
YTT Korxonasi, xususiy korxona, AJ Korxona (2), 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info, Oilaviy korxona
Metallar va qotishmalar
Metall deb elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘l- gan,
shaffof bo‘lmagan yaltiroq va plastik jismga aytiladi.
Texnikada metallarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
oddiy metallar (nisbatan boshqa kimyoviy element - lardan toza bo‘lgan);
murakkab metallar yoki qotishmalar (metall asosida bir necha
elementlarning birikmasi bo‘lgan).
D. I. Mendeleyev davriy sistemasiga ko‘ra, hozirda 120 dan ortiq
kimyoviy element bo‘lib, shulardan 3/4 qismi metallar, qolgani esa
metallmaslardir. Metallar shunday ko‘p bo‘lishiga qaramasdan,
sanoatda ularning juda oz qismi ishlatiladi.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy metall bu temir (Fe) bo‘lib,
uning uglerod (C) bilan birikmasi qora metallarni tashkil etadi.
Dunyo bo‘yicha ishlatiladigan metallarning 93 foizi qora metallardir
(1-rasm). Qurilishning barcha sohalarida, mashina va mexanizmlarni
tayyorlashda, asosan, qora metallar ishlatiladi. Qolgan metallar va
ularning qotishmalari rangli metallar guruhiga kiradi. Rangli
metallardan mis (Cu), aluminiy (Al), magniy (Mg), titan (Ti),
qo‘rg‘oshin (Pb), rux (Zn), qalay (Sn) va boshqalar sanoat


ahamiyatiga ega bo‘lgan metallar hisoblanadi. Ularning barchasi
texnik ahamiyatga ega.
Materiallar 2-rasmda ko‘rsatilganidek tasniflanadi.
1-rasm. Sanoatda qo‘llaniladigan asosiy metallar.
2-rasm. Materiallarning tasniflanishi.
Rangli metallar qimmat bo‘lgani uchun sanoatda iloji boricha
ularning o‘rnini bosa oladigan qora metallarni ishlatishga harakat
qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan rangli metallardan tashqari, sanoatda xrom
(Cr), nikel (Ni), marganes (Mn), molibden (Mo), ko- balt (Co) ham
ishlatiladi. Bu metallar, asosan, asosiy metal- larning
xususiyatlarini yaxshilash uchun, ularga ma’lum xu- susiyatlar
berish uchun qo‘shimcha material sifatida qo‘shila- di. Misol uchun
V, W, Ti va Co lardan qirqish asboblari tayyorlashda foydalaniladi.
Sanoatda va texnikada metall qotishmalari keng tarqalgan bo‘lib,
ularning xususiyatlari metall xususiyatlaridan ancha yuqori turadi va
pishiq, talabga javob beradigan, har xil xususiyatli qotishmalar
olinadi. Oddiy metallardan mis va aluminiy keng ishlatiladi, ulardan
elektr simlari va boshqa detallar tayyorlanadi.
Kremniy (Si) turli xil metall qotishmalarini olishda ish- latiladi.
Metallarni jilvirlash, silliqlashda kremniy karborundi (SiC) dan
foydalaniladi.
Oltingugurt (S) cho‘yan va po‘lat tarkibida juda oz miqdorda
bo‘ladi.
Uglerod (C) olmos, grafit, toshko‘mir holida uchraydi. Po‘lat va
cho‘yanning xossalari uglerodning miqdoriga va hola- tiga (erkin,
ya’ni grafit va temir bilan kimyoviy birikkan — sementit holida)
bog‘liq.
Fosfor (P) juda ko‘p metallar bilan tez birikadi, u temir- ning
barcha uglerodli birikmalari tarkibida mavjud. Fosfor bilan
oltingugurt po‘lat tarkibidagi zararli elementlar hisoblanadi.
Metall va qotishmalardan to‘g‘ri foydalanish uchun ularning
xossalarini va ular qanday sharoitda o‘zgarishini bilish kerak.
Metall va ular qotishmalarining ichki tuzilishi o‘zgarishi bilan
ularning xossalari ham o‘zgaradi. Metallarning ichki tu- zilishini
o‘rgatadigan fan
metaUografiya deb ataladi.


Qattiq moddalar ikkiga: amorf va kristall moddalarga bo‘- linadi.
Amorf shaklsiz degan ma’noni anglatadi. Amorf moddalar- ning
atomlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi, ularni sindirganda ham
tartibsiz yo‘nalishda sinadi, siniqlarida tekis yuzalar bo‘l- maydi.
Qizdirilganda asta-sekin yumshab boradi va suyuqlanadi. Ularning
muayyan bir suyuqlanish va qotish harorati bo‘l- maydi (yelim,
kanifol, shisha va boshqalar).
Kristallar haqidagi fan
kristaUografiya deb ataladi.
Barcha metallar va qotishmalar kristall tuzilishga egadir. Kristall
moddalarning atomlari aniq fazoviy geometrik shaklda tartibli
joylashgan bo‘ladi. Moddalar sharoitga qarab, ba’zan amorf, ba’zan
esa kristall holatda bo‘lishi mumkin (kauchuk,
yelim va h.k.). 3-rasmda kristall va amorf moddalar atomlarining joy-
lashishi keltirilgan.
K ristall moddalar muayyan su- yuqlanish va qotish haroratlariga,
ularning atomlari muayyan geo- metrik shakllarga egadir. Ularning
xossalari turli yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi, bu xususiyat
anizotropiya deb ataladi.
Kristall moddalarning mexanik puxtaligi, issiqlik va elektr o‘tka-
zuvchanligi, suyuqlanish tezligi, harorati ularning atom tuzilishiga
bog‘liq va uning xossalariga ta’sir etadi.
Eritma quyi haroratda asta-sekin bug‘latilsa, yirik kristal- lar,
yuqori haroratda bug‘latilib, tez sovitilsa, mayda kristallar hosil
bo‘ladi. Mayda donli po‘latlar qattiq, lekin yirik donli
po‘latlarga nisbatan yumshoq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kichik bir
kristall atrofida muntazam ravishda o‘suvchi yirik kristall olish
mumkin. Bu jarayon
kristallning o‘sishi deb aytiladi. Barcha metall
va qotishmalar kristall tuzilishga ega. Kristall donlari aniq
geometrik shaklga ega emas. Tashqi tomonidan kristall ko‘p qirraliga
o‘xshaydi va ular
kristall donlari yoki gra- nulalari deb ataladi.
1.

Download 437,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 437,29 Kb.
Pdf ko'rish