• Markazlashgan kub panjara.
  • Yoqlari markazlashgan kub panjara.
  • Geksagonal panjara (olti yoqli prizma).
  • Metallarning ichki tuzilishi




    Download 437,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/29
    Sana05.02.2024
    Hajmi437,29 Kb.
    #151533
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    ResearchGate-fayllar.org
    YTT Korxonasi, xususiy korxona, AJ Korxona (2), 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info, Oilaviy korxona
    Metallarning ichki tuzilishi
    K ristallarni tashkil etgan zar- rachalar shu kristallar hajmida
    geometrik tarzda tartibli joyla- shadi, bunday tuzilish
    kristall
    panjara deb aytiladi (4-rasm).
    Rentgen nurlari yordamida olib borilgan tekshirishlar shuni
    ko‘rsatadiki, aksari metallarning kristall panjaralari quyidagicha
    1.
    rasm
    fristaH p
    anjara va u
    y
    a
    . ko‘rinishda bo‘ladi (5-rasm):


    M arkazlashgan kub panjara
    Yoqlari markazlashgan kub panjara
    G eksagonal
    panjara
    1.
    rasm. Metallar kristall panjaralarining turlari.

    markazlashgan kub panjara;

    yoqlari markazlashgan kub panjara;

    geksagonal panjara.
    1.
    Markazlashgan kub panjara. Bunda kristall panjaraning o‘zida 9 ta atom
    bo‘lib, 8 ta atom kub burchaklari uchlarida, 1 ta atom esa kubning markazida
    joylashgan. Bunday panjara temir, natriy, xrom va boshqa metallarga xos.
    2.
    Yoqlari markazlashgan kub panjara. Element uyasida 14 ta atom joylashgan
    bo‘lib, 8 ta atom kub uchlarida, 6 ta atom esa kub tomonlari markazlarida
    joylashgan. Bunday kristall panjara aluminiy, qo‘rg‘oshin, oltin, nikel va
    boshqa metallarga xosdir.
    3.
    Geksagonal panjara (olti yoqli prizma). Metall atomla- rining 12 tasi prizma
    burchaklarining uchida, 3 tasi esa prizmaning o‘rta ko‘ndalang kesimida, 2 tasi
    prizmaning yuqori va ostki yuza markazlarida joylashgan. Bunday metall
    panjara magniy, rux, titan va boshqa metallarga xosdir.
    Metallarning xossalari kristall panjara xiliga, atomlarining
    diametriga hamda atomlar orasidagi masofaga qarab o‘zgaradi.
    Kristall moddalarning atomlari fazoviy panjarada ma’lum tartibda
    joylashgan bo‘lib, bu moddalar muayyan erish ha-


    roratiga egadir. Kristall moddalarga barcha metallar va ularning
    qotishmalari misol bo‘la oladi.
    Kristall moddalarning fazoviy panjarasida atomlar bir tekis va
    ma’lum tartibda joylashadi, bunda ularning xossalari har xil
    bo‘ladi, chunki atomlar orasidagi masofa o‘zgaradi.
    Elementlar atomlarining o‘lchamlari juda kichik, ularni o‘lchash
    uchun angstrem birligi ishlatiladi.
    1 A = 0,00000001 sm.
    Kristall panjarani tashkil etgan atomlar markazlari orasidagi masofa
    qiymati ham juda kichik bo‘ladi. Har bir metall o‘ziga xos kristall
    panjaraga ega.
    Atomlarning muayyan tartibda joylashishi natijasida hosil bo‘ladigan
    geometrik jihatdan to‘g‘ri shakl
    butun kristall yoki monokristall
    deb yuritiladi.
    Butun kristall uning o‘sishiga biror tashqi qarshilik ko‘r-
    satilmagan taqdirdagina hosil bo‘ladi. Odatda, kristall soviyot- gan
    suyuq metall ichida sodir bo‘la boshlaydi. Metall qotgan sari unda
    o‘sayotgan boshqa kristallar shakllangan kristallarning to‘g‘ri
    shaklini buzib yuboradi, natijada kristallar donlarga o‘xshab qoladi.
    Demak, tashqi shakli noto‘g‘ri kristall
    donlar deb ataladi. Donlar
    ichida atomlar muayyan tartibda joy- lashganicha qoladi.
    Kristall jismlar atomlarining turli tekisliklarda turlicha zich-
    likda joylashishi
    anizotropik xossa deb aytiladi.
    Metallarning kristallanish jarayoni ikki bosqichda boradi, birinchisi
    kristall markazlarining hosil bo‘lishi va ikkinchisi hosil bo‘lgan
    markazlar atrofida kristallarning o‘sishi. Kristallarning hosil
    bo‘lish jarayonini o‘rganish katta amaliy aha- miyatga ega, chunki
    metallarning xossalari donlarning shakliga, joylashishiga va
    kattaligiga bog‘liq. Demak, metallarning suyuq holatdan qotish
    holatiga o‘tish jarayoni bu atomlarning to‘g‘ri tartibda
    joylashishi (kristall panjara hosil bo‘lishi) dir.
    Kristall jismlar ma’lum bir haroratda suyuq holatdan qat- tiq
    holatga yoki, aksincha, qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadi. Bu
    harorat, mos ravishda,
    erish nuqtasi yoki qotish nuqtasi deb aytiladi.
    Suyuq metallning qattiq holatga o‘tish jarayoni
    birlamchi
    kristallanish deb ataladi.
    Ba’zi bir metall va qotishmalarda kristallanish jarayoni tugagandan
    keyin ham ularning tuzilishida o‘zgarishlar davom etadi. Bu jarayon
    ikkilamchi kristallanish deb aytiladi.
    Qattiq holatdagi metall tuzilishida yuz beradigan o‘z- garishlar
    allotropik o‘zgarishlar deyiladi.
    Ikkilamchi kristallanish jarayoni shundan iboratki, ma’lum haroratda
    metallning kristall panjarasi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish vaqtida
    atomlar qayta guruhlanib, yangi kristall panjara hosil qiladi.


    Ikkilamchi kristallanish vaqtida metall xossalarining o‘zgarishiga
    sabab mana shundan iborat. Bunday o‘zgarishlarni metallarga termik
    ishlov berish jarayonida kuzatish mumkin.
    1.

    Download 437,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 437,29 Kb.
    Pdf ko'rish