ResearchGate




Download 437,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana05.02.2024
Hajmi437,29 Kb.
#151533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
ResearchGate-fayllar.org
YTT Korxonasi, xususiy korxona, AJ Korxona (2), 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.info, Oilaviy korxona
Metallarning xossalari
Metall va qotishmalardan tayyorlangan detallarning ish- latilishiga
qarab ularga turlicha talablar qo‘yiladi.
Metallar quyidagi xossalarga ega:
1.
fizik xossalar;
2.
kimyoviy xossalar;
3.
mexanik xossalar;
4.
texnologik xossalar.
Metallarning fizik xossalariga ularning rangi, solishtirma
og‘irligi, elektr o‘tkazuvchanligi, magnit xususiyati, issiqlik
o‘t- kazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig‘imi kiradi.
Metallarning kimyoviy xossalariga ularning oksidlanishi,
eruvchanligi, korroziyaga chidamliligi kiradi.
Metallarning mexanik xossalari bu ularning mustahkamligi, qattiqligi,
egiluvchanligi kabi xossalaridir.
Metallarning texnologik xossalari — quyiluvchanlik, kesi-
luvchanlik, payvandlanish, bolg‘alanuvchanligi, toblanuv- chanligi,
oquvchanligi va boshqalar.
Metallarning fizik xossalari
Metallarning rangi shaffof bo‘lmaydi. Har bir metall o‘ziga xos
yaltiroqlik va rangga ega. Mis — qizil, rux — kulrang, temir —
kumushsimon rangda va hokazo bo‘ladi.
Solishtirma og‘irligi — moddaning hajm birligiga to‘g‘ri ke-
ladigan massasining miqdori bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:
Y =
P/V (gr/sm
3
).
Metallarning solishtirma og‘irligi D. I. Mendeleyev davriy
sistemasida berilgan.
Erish harorati. Metallarning batamom suyuq holga o‘tadi- gan
harorati
erish harorati deb ataladi. Har qaysi metallning erish
harorati tegishli jadvallarda berilgan.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Metallni qizdirganda yoki sovit- ganda


o‘zidan issiqlikni qanchalik tez o‘tkazishi uning
issiqlik
o‘tkazuvchanligi deb ataladi. Metallarning issiqlik o‘tkazuv-
chanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi, bu
metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsiyenti bilan
ifodalanadi. Misol uchun (koeffitsiyent miqdori) mis uchun 0,9;
aluminiy uchun 0,5; temir uchun 0,15; simob uchun
1.
02. Issiqlikni o‘zidan yomon o‘tkazadigan metallning to‘la qizishi uchun ularni
uzoq vaqt qizdirish talab etiladi. Bunday metallar tez sovitilganda yorilib
ketishi mumkin. Metallarni termik ish- laganda ularning ana shu xususiyatini
hisobga olish zarur.
Amaliyotda radiatorlar va elektr asboblarning detallari issiq- likni
yaxshi o‘tkazadigan metallardan tayyorlanadi.
Issiqlikdan kengayish. Ma’lumki, issiqlikdan metallarning hajmi va
o‘lchamlari o‘zgaradi. Shuning uchun mashina va mexanizmlar
tayyorlanayotganda detallarning issiqdan ken- gayishini hisobga olish
zarur. Misol uchun mashina va traktorlar dvigatellarining klapanlari,
ko‘prik fermalari, relslar va hokazo- larni qurishda buni hisobga
olish kerak.
Elektr o‘tkazuvchanlik. Metallarda elektr o‘tkazuvchanlik har xil
bo‘ladi. Ayrim metallar elektrni yaxshi o‘tkazadi. Metallarning
harorati oshishi bilan elektr o‘tkazuvchanligi kamayadi va aksincha.
Metall absolut nol (—237°C) gacha sovitilganda uning elektr
qarshiligi nolga teng bo‘lib qoladi.
Magnit xossalari. Po‘lat va cho‘yanning magnit xossalari ularning
kimyoviy tarkibigagina emas, balki ichki tuzilishiga ham bog‘liq.
Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ularning magnit xossalari doimiy
emas, ularga termik va mexanik ishlov beril- ganda magnit xossalari
o‘zgaradi.
Temirning sovuq holatdagi magnit xossalari ancha sezilarli bo‘lib,
uni qizdirganda bu xossalari ancha kamayib boradi va butunlay
yo‘qolishi ham mumkin.
Magnit xossalarga ega bo‘lgan po‘latlar texnikada juda ko‘p
tarmoqlarda ishlatiladi. Misol uchun ular rudalarni saralashda,
temir-tersaklarni ko‘tarishda, elektr dvigatellarida, radiotele- fon,
telegraf detallarini tayyorlashda ishlatiladi.
Ba’zan magnit xossalarga ega bo‘lmagan po‘latlarni ishlatishga
to‘g‘ri keladi. Bunday po‘latlarning tarkibida ma’lum miqdorda
nikel va marganes bo‘ladi.
Metallarning kimyoviy xossalari
Metallar va qotishmalar muhit ta’sirida kimyoviy jihatdan o‘zgaradi
va bu o‘zgarishlar
korroziya deb ataladi.


Korroziya turli metallarda turlicha ro‘y beradi: temir zang- laydi,
misning ustki qismi ko‘karadi, qo‘rg‘oshin xiralashadi, aluminiy
qorayadi va hokazo.
Ko‘p metallar va qotishmalarning kimyoviy xossalari yuqori haroratda
o‘zgaradi. Metallar oksidlanganligi sababli ham korroziyaga uchraydi.
Yuqori darajada qizdirilganda oksidlanmaydigan metallar
issiqlikka
chidamli metallar deb ataladi.
Ba’zi metallar yuqori darajagacha qizdirilganda ham o‘z tuzilishini
saqlaydi, yumshamaydi va og‘ir vaznlarda ham deformatsiyalanmaslik
xususiyatiga ega bo‘ladi, bunday metallar
o‘tga chidamli
(olovbardosh) metallar deb ataladi.
Ko‘p metallar ishqorlar, kislotalar, tuzlar ta’sirida bo‘ladi.
Bunday ta’sirlarga chidamli metallar
kislotaga, tuzga, ishqorga
chidamli metallar deb ataladi.
Metallarning mexanik xossalari
Metallar mexanik — mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchan- lik,
plastiklik va hokazo xossalarga ega. Bunda har xil metall namunalari
tegishli mashinalarda sinab ko‘riladi.
Metallarning qattiqligiga alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi,
chunki mashinasozlik sanoatida metallarning qattiqligini o‘z-
gartirish usullari mavjud bo‘lib, uning ahamiyati katta. Sharchaning
namunada qoldirgan izi qancha katta bo‘lsa, metall shuncha yumshoq
va aksincha bo‘ladi.
Metallarning qattiqligi deb, metallning unga bir qattiqroq jismni
botishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga aytiladi. Qattiqlik
metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bu xususiyat detallar
tayyorlashda uning yaroqli yoki yaroqsizligini ifodalaydi. Metall
qancha qattiq bo‘lsa, uni ishlash uchun shuncha ko‘p kuch talab
etiladi. Metallarning qattiqligi turli usullarda aniq- lanadi.
Usullardan amalda namunaga toblangan sharcha, konus- simon olmos yoki
piramidasimon olmosni botirish yo‘li bilan aniqlanadigan usullar
ko‘p qo‘llaniladi.
1.

Download 437,29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 437,29 Kb.
Pdf ko'rish