shartidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga ko‟ra
turmushdagi doimiy faoliyat hisoblanadi. Deyarli barcha munosabatlar ular orqali
alohida o‟rin tutadi. Birgina 2000-yilning o‟zida O‟zbekiston Respublikasi Oliy
47
viloyati bo‟yicha 24, Qashqadaryo viloyati bo‟yicha 21, Surxandaryo viloyati
bo‟yicha 18, Jizzax viloyati bo‟yicha 17, qolgan viloyatlar bo‟yicha 7-10 ta ishni
tashkil etdi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlarning haqiqiy mustaqilligi va
erkinligini ta‟minlash g‟oyasini ilgari surar ekan, Prezident I.Karimov jinoiy va
protsesseual qonunchiligimizning dastlabki tergov va sudgacha bo‟lgan jarayon
ustidan sud nazoratini o‟rganish borasidagi vazifalarni quyidagicha belgilaydi:
“Boshqa demokratik davlatlar kabi O‟zbekistonda ham shaxsni ushlab turish,
xibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarni qo‟llash uchun
sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‟tkazish kerak, deb o‟ylayman”.
Mamlakatimizda o„tgan davr mobaynida dastlabki tergov bosqichida sud
nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud faoliyatini liberallashtirish bo„yicha
ham keng ko„lamli chora-tadbirlar ko„rilganini ta‟kidlash lozim.Bu borada
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya‟ni 2008-yildan ehtiyot chorasi
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o„tkazilishi
prinsipial qadam bo„ldi. Ushbu qarorning o„z vaqtida va puxta o„ylab qabul
qilingani bugungi kunda ko„pgina amaliy misollarda o„z isbotini topmoqda.
Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon
bo„lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008-yilning yanvaridan buyon sudlar
tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot
chorasini qo„llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi