|
keladi.
4_10 Kreking jarayoni va uning turlari
|
bet | 35/46 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 444,31 Kb. | | #108683 |
Bog'liq x vareant gtl(1)keladi.
4_10 Kreking jarayoni va uning turlari.
Kreking (ing. cracking — parchalanish) —neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qaytanishlash jarayoni;
ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor
yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllaniladi. K.ning 2 asosiy (termik va
katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori temperatura taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali
(40—60 at. bosimda, 470 — 540° temperaturada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va
yuqori temperaturada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik K. bir vaqtda yuqori temperatura va
katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918- yilda N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik K.ni tatbiq etgan. Katalizator
sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan.1936-yilda fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat)
yaratgach, katalitik K.keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon
berdi. Neftning kerosin — gazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik K.lash 450—520° ga yaqin
temperatura va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. K. suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi
(gidro kreki n g). Shuningdek, K. jarayonining borish sharoiti (temperatura, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi
va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va
ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi
hosil boʻladi. Zavonaviy K. koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va boshqalar),
|
| |