|
yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi
|
bet | 32/46 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 444,31 Kb. | | #108683 |
Bog'liq x vareant gtl(1)yutilishi (yoki chiqarilishi) tufayli sodir boʻladi va temperaturaning oʻzgarishi (ortishi) bosimning oʻzgarishi
(ortishi)ga olib keladi. Ideal gyazdagi I. j. Sharl konunit boʻysunadi (qarang Izohora), real gazlardagi I. j. Sharl
qonuniga boʻysunmaydi.
Izobarik jarayon — bosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitda sistemada sodir boʻladigan fizik jarayon. Izobarik
jarayon sistemaning termodinamik holat diagrammasida izobara bilan tasvirlanadi. Atmosfera bosimida sodir
boʻladigan fizik jarayonlar, jumladan, suvning isishi, ochiq idishdagi gazning qizishi yoki sovishi, moddaning ikki
fazali holatidagi izotermik jarayon va koʻpgina kimyoviy reaksiyalar izobarik jarayonga misol boʻla oladi. Yuqori
va past bosimlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilishda, issiklik mashinalarida (masalan, Joul, Dizel
sikllari) izobarik jarayon dan foydalaniladi.
Ideal gaz hajmi V izobarik jarayonda temperaturaga toʻgʻri proporsional (Gey — Lyussak qonuni). Izobarik
jarayonda ideal gazning bajargan ishi pAV ga teng va, demak, tashqaridan olingan issiklik miqdori uning
temperaturasi ortishiga va ish bajarishiga sarf boʻladi. Shuning uchun izobarik jarayondagi issiqlik sigim Sr
izohorik jarayonsatp (bu holda ish bajarilmaydi) issiqlik sigʻim Su dan har doim katta.
Izotermik jarayon (yun. ἴσος (izos) - "barobar" va θέρμη (termon) - "issiq") deb oʻzgarmas haroratda tizim
holatining oʻzgarishiga aytiladi.[1] Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini
yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik
jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun odatda tizimga termostat oʻrnatiladi.
Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi.
Izotermik jarayon shunday jarayonki, gaz vazni, molyar gaz va harorat є — konstanta hisoblanadi.[2]
|
| |