|
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot |
bet | 134/149 | Sana | 10.09.2024 | Hajmi | | | #270811 |
Bog'liq kiberxavfsizlik-asoslariTERMINLAR LUG'ATI
Ajratilgan xonaning akustik himoyasi
– ovozning to’siq konstruktsiya
orqali to’g’ridan – to’g’ri o’tishi yo’li bilan nutqiy maxfiy yoki konfidentsial
axborotni ajratilgan xona tashqarisiga sirqib chiqishini oldini olish bo’yicha
rejalashtirilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish jarayoni.
Akkreditatsiya (sertifikatsiya organining akkreditatsiyasi)
- tashkilotning
ma’lum (so’ralgan) sohada sertifikatsiya buyicha muayyan ishlarni bajarishga
kompetentligini (qodirligini) vakolatli (nufuzli) organ tomonidan rasman tan olinishi.
Aktiv
- 1. Himoyalanuvchi axborot yoki resurslar. 2. Tashkilot uchun qiymatli
barcha narsalar. 3. Bosh ilova, umumiy madadlovchi tizim, yuqori nufuzli dastur,
moddiy qism, kritik tizim missiyasi, xodimlar, jihozlar yoki mantiqiy bog’langan
tizimlari guruhi.
Akustik axborot
– eltuvchisi akustik signallar bo’lgan axborot.
Anonimlik
- ishtirokchiga (protokol ishtirokchisiga) qandaydir harakatni
anonim tarzda, ya’ni o’zini identifikatsiyalamasdan, bajarilishini ifodalaydi. Bunda,
lekin, ishtirokchi ushbu harakatni bajarishga haqli ekanligini isbotlashi lozim.
Anonimlik absolyut va chaqiriluvchi bo’lishi mumkin.
Antibot
– robot-dasturlarni, ayg’oqchi dasturlarni (Spyware), ruxsatsiz
o’rnatilgan reklama dasturiy ta’minotni (Adware) va boshqa zarar keltiruvchi
dasturiy ta’minot turlarini avtomatik tarzda aniqlovchi va yo’q qiluvchi dasturiy
ta’minot.
Anti–spufing
- qonuniy identifikatsiya va autentifikatsiya ma’lumotlaridan
ruxsat etilmagan foydalanishga qarshi qabul qilinuvchi choralar.
Antivirus
– viruslarni aniqlovchi yoki aniqlovchi va yo’q qiluvchi dastur.
Agar virus yo’q qilinmasa, zaharlangan dastur yo’q qilinadi. Yana – viruslardan
himoyalashga, zaxarlangan dasturiy modullar va tizimli makonlarni aniqlashga,
hamda zaxarlangan obyektlarning dastlabki holatini tiklashga mo’ljallangan dastur.
Download |
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot
|