• Axborotni himoyalashning apparat vositasi
  • Axborotni ishlovchi himoyalangan texnik vosita
  • Axborotni himoyalash konsepsiyasi



    bet137/149
    Sana10.09.2024
    Hajmi
    #270811
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
    Bog'liq
    kiberxavfsizlik-asoslari

     
    Axborotni himoyalash konsepsiyasi
    – axborotni himoyalash bo’yicha 
    qarashlar va umumiy texnik talablar tizimi.


    292 
    Axborotni himoyalashning apparat vositasi
    axborotni ishlovchi texnik 
    vositasi komplekti tarkibiga kiruvchi maxsus himoyalovchi qurilma yoki moslama.
    Axborotni huquqiy himoyalash
    – axborotni himoyalash bo’yicha subyektlar 
    munosabatini rostlovchi qonuniy va me’yoriy xujjatlarni (aktlarni) ishlab chiqishni
    hamda ularning bajarilishini nazorat qilishni o’z ichiga oluvchi axborotni xuquqiy 
    usullar yordamida himoyalash.
    Axborotni ishlovchi himoyalangan texnik vosita
    – himoyalash vositalari va 
    usullari ishlab chiqish va tayyorlash bosqichida amalga oshirilgan axborotni 
    ishlovchi texnik vosita.
    Axborotning buzilishi
    – tashqi ta’sirlar (halallar), apparatura ishlashidagi 
    buzilishlar, yoki xizmatchi xodimning bilimsizligi natijasida texnik vositalarida 
    ishlanuvchi axborotning tasodifiy ruxsatsiz modifikatsiyalanishi.
    Bot
    - oddiy foydalanuvchi interfeysi orqali avtomatik tarzda va/yoki berilgan 
    jadval bo’yicha qandaydir harakatlarni bajaruvchi maxsus dastur. Kompyuter 
    dasturlari muhokama qilinganida bot atamasi asosan Internetga qo’llash bilan 
    ishlatiladi. 
     
    Botnet 
    - ishga tushirilgan botlarga ega bir qancha sonli xostlardan tashkil 
    topgan kompyuter tarmog’i. Odatda kompyuterlarga bo’ladigan tarmoq xujumlarini 
    (spamni tarqatish, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o’g’irlash, 
    masofadagi tizimda parollarni saralash, xizmat qilishdan voz kechishga undash 
    hujumlari va x.) koordinatsiyalash uchun ishlatiladi (inglizcha robot va network 
    so’zlaridan olingan.). 
     
    Buferning to’lib – toshishi hujumi – 
    buferdagi oldindan aniqlangan 
    hajmdagi makonni qaytadan yuklash usuli bo’lib, xotiradagi ma’lumotlarni qayta 
    yozishi va shikastlashi mumkin.

    Download
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149