295
Jamiyat axborot xavfsizligi
– “shaxs axborot xavfsizligi” kabi, uyushgan
odamlar kollektiviga va umuman, jamiyatga qo’llaniladi.
Kalit –
fayldagi yozuvlarni identifikatsiyalash va undan
tezda foydalanish
uchun ishlatiladigan belgilar majmui; yana - qandaydir axborotdan foydalanish
vakolatini tasdiqlash uchun ishlatiladigan kod; yana - asosida shifrlash amalga
oshiriluvchi qiymat; yana - ma’lumotlar elementlari naboridagi identifikator.
Kalit uzunligi (o’lchovi)
- kalitni ifodalovchi ma’lum alfavitdagi so’z
uzunligi. Ikkili kalit uzunligi bitlarda o’lchanadi.
Keylogger
- klaviaturali kiritishni ushlab qolishga mo’ljallangan dastur yoki
apparat vosita. Bosilgan klavishlar skan-kodlarini aniqlashni va ularni yashirincha
saqlashni va/yoki yashirincha qandaydir kanal orqali uzatishni amalga oshiradi.
Kiber infrastruktura –
elektron axborot, kommunikatsiya tizimlari,
xizmatlar va bu tizimlar va xizmatlarda mavjud axborotni o’z ichiga oladi.
Kiber insident –
axborot tizimi va/yoki undagi axborotga aniq
yoki potensial
zarar yetkazilishiga sabab bo’luvchi, kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi
harakatlar.
Kiberfazo –
Internet, telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari va
o’rnatilgan prosessorlar va kontrollerlarni o’z ichiga olgan, o’zaro bog’langan
axborot tizimlari infrastrukturalar tarmog’idan tashkil topgan axborot muhitidagi
global domen.
Kiber-hujum –
hisoblash muhiti/
infrastrukturasini, o’chirish, buzish yoki
g’arazli nazoratlash yoki ma’lumot yaxlitligini buzish yoki nazoratlanuvchi
axborotni o’g’irlash maqsadida kiberfazodan foydalanuvchi tashkilotga atalgan
kiberfazo orqali amalga oshiriluvchi hujum.
Download