293
Deshifrlash algoritmi
– deshifrlash funksiyasini
amalga oshiruvchi va
shifrlash algoritmiga teskari algoritm.
Dezinformatsiya
–
foydalanuvchi shaxslarga yolg’on tasavvurni
shakllantirish maqsadida ularga uzatiluvchi xabarni atayin buzib ko’rsatish; yolg’on
axborotni uzatish.
Faol hujum
- dushman va/yoki buzg’unchi
qonuniy foydalanuvchi
harakatiga ta’sir etishi, masalan, qonuniy foydalanuvchi xabarini
almashtirishi yoki
yo’q qilishi va xabarni yaratib uning nomidan uzatishi va h. mumkin bo’lgan
kriptotizimga yoki kriptografik protokolga hujum.
Faol tahdid
– tizim holatini atayin ruxsatsiz o’zgartirish tahdidi.
Firibgarlik hujumi
- foydalanuvchilarning yoki dasturlarning ma’lumotlarni
soxtalashtirish va noqonuniy afzallikka ega bo’lish yo’li
bilan boshqa subyektlar
sifatida muvaffaqiyatli niqoblanish vaziyati.
Foydalanish nazorati
–
foydalanuvchilarning, dasturlarning yoki
jarayonlarning hisoblash
tizimlari qurilmalaridan, dasturlaridan va ma’lumotlaridan
foydalanishlarini aniqlash va cheklash.
Foydalanishni diskretsion boshqarish
– mavzu alomati bo’yicha obyektdan
foydalanish konsepsiyasi (modeli). Unga binoan vakolatlarning ma’lum darajasiga
ega foydalanish subyekti o’z xuquqini ixtiyoriy boshqa subyektga berishi mumkin.
Foydaluvchanlik
- avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so’rovi bo’yicha
mantiqiy obyektning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo’lishi xususiyati.
Download