154
-
troyan otlari:
bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko’rinuvchi dasturiy
vosita sifatida o’zini ko’rsatsada, yashiringan zararli koddan iborat
bo’ladi;
-
Adware:
marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish uchun
foydalanuvchini ko’rish rejimini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;
-
Spyware:
foydalanuvchi ma’lumotlarini qo’lga kirituvchi va uni
hujumchiga yuboruvchi dasturiy kod;
-
Rootkits:
ushbu zararli dasturiy vosita operasion tizim tomonidan
aniqlanmasligi uchun o’z harakatlarini yashiradi;
-
Backdoors:
zararli dasturiy kodlar bo’lib, hujumchiga autentifikasiyani
amalga oshirmasdan aylanib o’tib tizimga kirish imkonini beradi,
masalan, administrator parolisiz imtiyozga ega bo’lish;
-
mantiqiy bombalar:
zararli dasturiy vosita bo’lib, biror mantiqiy shart
qanoatlantirilgan vaqtda o’z harakatini amalga oshiradi.
-
Botnet:
Internet tarmog’idagi obro’sizlantirilgan kompyuterlar bo’lib,
taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi tomonidan
foydalaniladi;
-
Ransomware:
mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon kompyuterida
mavjud qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki qulflab qo’yib, to’lov amalga
oshirilishini talab qiladi.