Республикаси Олий ва Ўрта




Download 103 Kb.
bet2/9
Sana08.05.2023
Hajmi103 Kb.
#57730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza
Ma\'lumotlar bazasi 1-labaratoriya ishi Hamroyev Dilshod, 8-MARUZA AKQVA KH, Адсорбция жараёни, LABORATORIYA 5, 2-maruza , 4-MUSTAQIL ISH, f657804e0046a32c4ad10a0c740022af Fizika. Tursunov I.G, Begmatova D.A, boshlang-ich-sinflarda-texnologiya-fanini-o-qitish-jarayonida-o-quvchilar-qiziqishini-oshirish, 2-mavzu, Tex o\'q met. test, 1 sinf jismoniy tarbiya ish rejaga ilova, Ўзбекистонда енгил атлетика вужудга келиши ва ривожланиши, Фалсаф тест 200 та, 011265032841d3afee3f8d8b404ad216
Sezgilarning turlari. Sezgilar ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining xarakteriga, qo’zg’alishni qabul qilish masofasi, retseptorlarinig joylashgan o’rinlariga ko’ra klassifkatsiya qilinadi. Retseptorlarning joylashgan o’rniga ko’ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:
1) tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan va tananing tashqi yuzasida retseptorlari bo’lgan sezgilar- ekstrotseptiv sezgilar;
2) tananing ichki a’zolari va to’qimalarida joylashgan va tananing ichki holatini aks ettiruvchi sezgilar- interotseptiv sezgilar;
3) retseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan propriotseptiv sezgilar. Ular gavdamizing holati va harakatlari haqida ma’lumotlar berib turadilar.
Ekstrotseptiv sezgilarning o’zlari ikki guruhga – kontrak (bevosita aloqa bog’lovchi) va distant sezgilarga ajratiladilar. Kontrakt sezgilarga (kontakt retseptorlar orqali sezgi hosil bo’ladi) quyidagilar kiradi: ko’rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta’m bilish sezgilari. Sezgilarning bu klassifikatsiyasi modallik bo’yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning klassik klassifikatsyasi deb ham yuritiladi. Chunki ular Aristotel tomonidan ko’rsatib o’tilgan sezgilar. Ular orasidan teri sezgisining o’zi bir qancha turlarga bo’linadi (to’qish, harorat, og’riq kabi).
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Boshqa tabiat va psixik hodisalar kabi sezgilar ham ma’lum umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarga ega. Shu jumladan ularning sifati, intenmivligi (kuchi), davomiyligi sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.
Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgilardan farqlaydi va shu sezgi doirasida o’zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisida tovushning balandligi, mayinligi, zo’rligi; ko’rish sezgisining boyligi, ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi va rang-barangligi materiyaning rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchilarning kuchi va analizatorlarning funktsional holati bilan belgilanadi.
Davomiyligi- sezgining vaqt bilan bog’liq xususiyati. U ham qo’zg’atuvchining xususiyati va anlizatorning funktsional holati bilan bog’liq. Qo’zg’atuvchi sezgi organiga ta’sir qilgandayoq sezgi hosil bo’lmaydi, balki biroz vaqt o’tadi. Turli sezgi organlarining javob berish tezligi, ya’ni latent vaqti turlicha: taktil sezgilar uchun u 130 millisekund, og’riq uchun 370 mllisekund, ta’m bilish uchun 50 millisekundni tashqil qiladi.
Adaptatsiya. Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik, psixologik va muhitning ta’siri ostida o’zgaradi. Bu o’zgarishlar orasida adaptatsiya hodisasi alohida o’ringa ega. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda kuzatuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o’zgarishi tushuniladi.
Adaptatsiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz qo’zg’atuvchilar salbiy ta’siridan sezgi organlarini himoya qiladi.

Download 103 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 103 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Республикаси Олий ва Ўрта

Download 103 Kb.