• Parishonxotirlik
  • 6.5. Xotira. Xotira jarayonlari va turlari.
  • Республикаси Олий ва Ўрта




    Download 103 Kb.
    bet7/9
    Sana08.05.2023
    Hajmi103 Kb.
    #57730
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza
    Ma\'lumotlar bazasi 1-labaratoriya ishi Hamroyev Dilshod, 8-MARUZA AKQVA KH, Адсорбция жараёни, LABORATORIYA 5, 2-maruza , 4-MUSTAQIL ISH, f657804e0046a32c4ad10a0c740022af Fizika. Tursunov I.G, Begmatova D.A, boshlang-ich-sinflarda-texnologiya-fanini-o-qitish-jarayonida-o-quvchilar-qiziqishini-oshirish, 2-mavzu, Tex o\'q met. test, 1 sinf jismoniy tarbiya ish rejaga ilova, Ўзбекистонда енгил атлетика вужудга келиши ва ривожланиши, Фалсаф тест 200 та, 011265032841d3afee3f8d8b404ad216
    Diqqatning bo’linishi (taqsimlanishi). Diqqatning bo’linishi – psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, bunda ayni bir vaqtning o’zida ikkita va undan ham ko’p ish-harakat bajariladi. Diqqatning bo’linishiga misol: bir vaqtning o’zida arifmetik hisoblarni bajarish va biror qo’l mehnati turini bajarish. O’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, diqqatning taqsimlanishining samaradorligi bir qancha omillarga bog’liq ekan. Shular orasidan eng katta rol o’ynaydiganlari: kishining diqqatining individual xususiyatlari (diqqatning rivojlanganligi) bajarilayotgan ishlardan birortasining avtomatlashganlik darajasi. Diqqatning chalg’ishi-diqqatning ongli ravishda ko’chishiga butunlay o’xshamaydi. Shu sababli ularni adashtirib yuborib bo’lmaydi. Diqqatning osonlik bilan chalg’ishi, uning yetarli darajada barqaror emasligidan darak beradi. Albatta kuchli, kutilmagan, umuman ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaradigan sabablar diqqatning chalg’ishiga olib keladi. Parishonxotirlik. Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonlaridan biridir. Parishonxotirlik ikki turi farqlanadi. Birinchisi, biror ishga (fikrga, uyga) nihoyatda berilib ketish natijasida kishining atrofdagi narsalarga, voqealarga va kishilarga e‘tibor bermasligi.
    Parishonxotirlikning tomoman boshqa holati- kishining biror narsa ustida diqqatni doim o’tib ketaverishidir. Katta kishilarda bunday parishonxotirlik toliqqan paytlarda uchraydi. Bolalarda esa diqqatning to’g’ri rivojlanmaganligi oqibatida bu xususiyat shakllanishi mumkin. Bundan tashqari parishonxotirlikning bunday turi ruhiy kasallik holatlarida ham uchrashi mumkin.
    6.5. Xotira. Xotira jarayonlari va turlari.
    Biz idrok qilgan narsalarni, anglagan voqea –hodisalarni unutib yubormaymiz. Ularning izi miyamizda saqlanib qoladi. Agar insonda xotira bo’lmaganda edi, u mangu chaqaloqligicha qolar edi.
    Xotira deb – tajriba va bilimlarimizni, voqea –hodisalarni esda olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish (eslash) jarayonlariga aytiladi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar bir-biridan ajralgan holda yuzaga chiqmaydi. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojalanishi kishining faoliyati bilan bog’liq. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi.
    Xotira mexanizmlari. Hozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida ko’plab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruxlarga birlashtirish mumkin.
    Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi-neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, uchinchi yo’nalish – bioximik yo’nalishdagi nazariyalar qo’shilmoqda.
    Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bo’lib rivojlangan nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira jarayonlarini tarkib toptirishda sub‘ektning faolligiga qanday o’rin berilganligiga, sub‘ekt faolligining o’ziga qanday qaralganligiga bog’liq ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assotsiativ nazariya kiradi.
    Assotsiativ nazariyaning asosiy tushunchasi assotsiatsiya tushunchasidir. Assotsiatsiya – aloqa bog’lanish degan ma’noni bildiradi va xamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida karaladi. Ularning fikricha, agar ma’lum psixik hodisalar inson ongida ayni bir vaqtning o’zida bir-biridan ketma-ket hosil bo’lgan bo’lsa, ular o’rtasida biron-bir elementi qayta ta’sir qilsa yoki qayta namoyon bo’lsa, ongimizda assotsiativ aloqaning barcha elementlarini qayta tiklashga olib keladi.
    Geshtaltizm (nemischa «gestalt» - obraz degan ma’noni anglatadi) – psixologik nazariya. Bu nazariyaning asosiy tushunchasi – geshtalt tushunchasidir. Geshtalt tushunchasi yaxlit, bir butun tashqilotni (bir butun organizmi) tarkibiy qismlarga bo’lib bo’lmaydigan tuzilishini anglatadi. Bu nazariyaga ko’ra aloqalar (bog’lanishlar) hosil qilishning asosi sifatida materiallarning tashqil qilinganligi e‘tirof qilinadi. Materialning ma’lum tashqiliy tartibi esda olib qolishda katta rol uynaydi.
    Hozirgi zamon psixologiya fanida barcha psixik jarayonlarni, shu jumladan xotira jarayonlarini ham tarkib toptirishga sababchi bo’lgan asosiy faktor Shaxs faoliyatidir, deb qarovchi nazariyalarp tobora ko’proq e‘tirof etilmoqda. Bu nazariyaga asosan materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish jarayonlari sub‘ekt faoliyatida ana shu materialni qanday o’rinda turishi bilan belgilanadi.
    Xotira turlari. Xotira inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarda qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari ham nihoyat darajada har xildir. Xotiraning har xil turlari uch xil mezon asosida turlarga bo’linadi (birlashtiriladi).
    1.Ko’proq faoliyatda ko’rinadigan psixik aktivlik harakateriga ko’ra xotiraning harakat, emotsional (hissiy), obrazli va so’z-mantiqiy turlari farqlanadi.
    2. Faoliyat maqsadi xarakteriga ko’ra xotira ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bo’linadi.
    3. Materialni qancha esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab qisqa muddatli, uzoq muddatli, oparetiv xotira turlariga bo’linadi.
    Harakat, emotsional (hissiy), obrazli va suz-mantikiy turlari.
    Inson faoliyatining har xil turlarida psixik faollikning turlicha ko’rinishlari ustun turishi mumkin. Shunga ko’ra xotiraning ham ma’lum bir turi xizmat qiladi. Bular harakat, emotsional (hissiy), obrazli va so’z-mantiqiy xotiralardir.

    Download 103 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 103 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Республикаси Олий ва Ўрта

    Download 103 Kb.