|
Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘ladi
|
bet | 17/29 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #127050 |
Bog'liq informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan bo‘ladi:
Create a new project (YAngfi loyiha yaratish);
Open an excisting project (YAratilgan loyihalardan birini ochish);
Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);
Exit Autoplay media studio (Dasturdan chiqish).
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda taklif ingliz tilida bo‘ladi.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos Scriptlar uchun tayyor kodlar to‘plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul.
SHunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Create a new project” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi yuzaga keladi :
Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha-lardan birini tanlashimiz yoki o‘zimiz istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega
Dastur oynasining sarlavha satri.
Dastur oynasining menyu satri.
Instrumentlar paneli satri.
Project explorer muloqot oynasi.
Properties muloqot oynasi.
Holat satri.
Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha nomi, dastur nomi va oynani boshqarish elementlari joylashgan.
AutoPlayda qo‘llaniladigan ob’ektlar
AutoPlayda har bir loyiha uchun bir yoki bir nechta sahifalar to‘plami taqdim etiladiki, bu sahifalar bilan ishlaganda bir nechta obektlardan foydalanish mumkin. Bu obektlardan har birining alohida funsiyalari mavjud bo‘lib, ular orqali dasturni boshqarishda foydalanuvchi uchun muloqot interfeysini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.
|
| |