|
“Hot-potatos” dasturi haqida
|
bet | 20/29 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #127050 |
Bog'liq informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish“Hot-potatos” dasturi haqida.
Zamonaviy dasturiy vositalar bilan ishlash va ular yordamida talabalar bilimlarini oshirish, nazorat qilish malakalariga ega bo‘lib borishimiz lozim.
Bularni barchasini inobatga olgan holda biz bugun bir dasturiy vosita bo‘lmish – “Hot-potatoes6” dasturi yordamida talabalarga bilim berish, olgan ma’lumotlarini qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat va tahlil qilish usullarini hamda dastur imkoniyatlarini qisqacha yoritib berishga harakat qilaman. Demak, dastlab dastur imkoniyatlari haqida ma’lumot keltirsak.
“Hot-potatoes6” (ing. “Qaynoq Kartoshkalar” deb nomlanadi.) dasturini ishga tushirganimizda uning asosiy oynasi ochiladi va bu oyna sarlavha satri, menyular satri hamda olti xil imkoniyatlarga ega bo`lgan bo`limlardan tashkil topgan.
Aytaylik biz prezentatsiya ko‘rinishida yangi bir mavzuni talabalarga ma’ruzasini kerakli qismini yozdirib, asosiy tushunchalarini ularga tushuntirib beraylik. Ularni bilim olish darajasi biz yaratgan prezentatsiyaning ko‘rgazmalilik prinsiplari asosida hamda ham tinglab, ham ko‘rib shu bilan birgalikda yozib borishlari yordamida oshib boradi. Endi biz talabalar olgan tushuncha, bilimlarini qay darajada egallab olganliklarini tekshirishimiz va nazorat qilish uchun kompyuter yordamida yaratilgan dasturiy vositalar orqali nazorat qilib olishimiz mumkin bo‘ladi. YUqoridagi dastur yordamida huddi shunday nazorat variantlarini tuzishimiz mumkin. Jumladan:
“JCloze” bo‘limini olsak. Bu dastur bizga o‘tilgan mavzu ma’ruzasi va undagi asosiy tushunchalarni qay darajada talabalar yodida saqlab qolganliklarini tekshirish imkonini beradi.
Dastlab dasturning JCloze bo‘limini ishga tushirib, uning asosiy oynasining “Imya” qatoriga mavzu nomini va asosiy maydonga mavzu ma`ruzasini yoki asosiy tushunchalarni kiritib olamiz. YAshirib qo‘yish uchun berkitib qo‘yilayotgan so‘zni yoki jumlani belgilab, “Probel” buyrug‘i bosiladi. Hosil bo‘lgan oynada berkitib qo‘yilayotgan so‘zga uni topish uchun yo‘naltiruvchi so‘z va turli shu so‘zga yaqin to‘g‘ri javoblar kiritiladi. Yo‘naltiruvchi so‘z berkitilgan so‘zni topishda talabaga ko‘mak vazifasini bajaradi. Kalit so‘zlar va to‘g‘ri keladigan javoblar kiritilib bo‘lgach OK ni bosib oldingi oynaga qaytiladi. “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan boshqotirmani Web sahifa ko‘rinishida saqlab olamiz. Nazorat topshirig‘idagi yashiringan so‘zni topish uchun so‘roq tugmasini bosiladi va kalit so‘zlar uni echishda talabalarga yordam vazifasini bajaradi. “Check” tugmasini bosish orqali esa talabaning bu topshiriqda qanday natija olganligini protsentlar orqali o‘zlashtirish darajasini natijasini olishimiz mumkin.
“JSross” bo‘limida esa shu mavzusiga oid tushunchalar, ta’riflar, dastur imkoniyatlari va vazifalari qatoriga kiruvchi so‘zlardan krossvord tuzishimiz hamda talabalarda taqdim etish orqali nazorat o‘tkazishimiz mumkin. Buning uchun dasturni JCrosss bo‘limini ishga tushiramiz.
Krossvordni berkitilgan so‘zlarini kiritish uchun esa rasmda ko‘rsatilgan “Sozdat setku...” tugmasi bosiladi va bu oyna yordamida mavzuga oid bo‘lgan so‘zlarni har birini alohida satrga ya’ni bir so‘zni kiritgandan so‘ng “Enter” tugmasini bosib, so‘ng keyingi so‘z kiritilishi davom ettiramiz. YAkunda “Sozdat setku” buyrug‘ini tanlaymiz.
YUqorida rasmda ko‘rib turganingizday biz kiritgan so‘zlardan dastur krossvord ko‘rinishini avtomatik tarzda tuzib qo‘ydi.
endi bizning vazifamiz ushbu krossvorddagi so‘zlarga kalit so‘zlar kiritish bo‘ladi. Buning uchun “Opredeleniya” tugmasini bosamiz. U oynada har so‘zni satr va ustun ko‘rinishda tasvirlangan raqamlariga kalit so‘zlar kiritib chiqamiz. Buning uchun shu so‘zni ustida bir marta sichqoncha tugmasini bosamiz, ostida
paydo bo‘lgan kalit so‘z kiritish maydoniga kalit so‘zlarni kiritamiz va OK ni bosamiz. SHu tarzda har so‘zga kalit so‘zlar kiritilib boriladi.
Barcha so‘zlarga kalit so‘zlar kiritilib bo‘lgach oynaning ostki qismidagi OK ni bosiladi. Oynaning “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6 tugmasini bosish orqali yaratgan krossvordimizni brouzer yordamida oynaga boshqotirma ko‘rinishida taqdim etiladi.
Uni echish uchun raqam ustiga bir bosiladi va kalit so‘z yordamida javob topiladi.
Qisqacha qilib aytganda qolgan nazorat usullari ham huddi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.
|
| |