• Tadqiqotning obekti
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi
  • Rivojlantirish




    Download 1,65 Mb.
    bet15/36
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,65 Mb.
    #233056
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
    Bog'liq
    amaliyot kundalik

    Tadqiqotning maqsadi yuz tasviri asosida shaxsni biometrik identifikasiyalash tizimlariga uyushtiriluvchi soxta hujumlarni aniqlash algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

    Tadqiqotning vazifalari:


    yuz asosida biometrik identifikasiyalash tizimlariga uyushtiriluvchi soxta hujumlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarni tahlil qilish;
    haqiqiy va soxta yuz tasvirlarini ajratish uchun zarur boʻlgan ma'lumotlar bazasini yaratish;
    kiruvchi yuz tasvirlarini normallashtirish algoritmlarini ishlab chiqish; biometrik identifikasiyalash tizimiga kiritiluvchi ma'lumot
    haqiqiyligini aniqlash algoritmini ishlab chiqish;
    yuz tasvirlari asosida biometrik identifikasiyalash tizimlariga kiruvchi ma'lumotlar haqiqiyligini aniqlashni chuqur oʻqitishga asoslangan algoritmini ishlab chiqish;
    mavjud va taklif etilgan algoritmlar asosida yuz tasvirlari asosida biometrik identifikasiyalash tizimlariga kiruvchi soxta hujumlarni aniqlash dasturiy majmuasini ishlab chiqish.
    Tadqiqotning ob'ekti biometrik identifikasiyalash va autentifikasiyalash tizimlari olingan.
    Tadqiqotning predmetini shaxsni yuz tasviri asosida identifikasiyalash va autentifikasiyalash model, usul va algoritmlari hamda dasturiy ta'minoti tashkil etadi.
    Tadqiqotning usullari. Nazariy tadqiqotlarda tizimli tahlil, imitasion modellashtirish, ehtimollik nazariyasi, matematik statistika, diskret matematika, tasvirlarga raqamli ishlov berish va tanib olish, mashinali oʻqitish, chuqur oʻqitish usullaridan foydalanilgan.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    biometrik tizimga kiruvchi yuz tasvirlarini maxsus nuqtalari asosida yuzni gorizontal oʻqga nisbatan geometrik normallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
    biometrik identifikasiyalash tizimiga kiritiluvchi ma'lumot haqiqiyligini aniqlashning tasvir deskriptori hamda gistogrammalarini qurish asosida tekstura tahliliga asoslangan algoritm ishlab chiqilgan;
    videotasvirdagi muar va shu'lalarni inobatga olgan holda yuzdagi jonlilikni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
    yuz tasvirlari asosida biometrik identifikasiyalash tizimlariga kiruvchi ma'lumotlar haqiqiyligini aniqlashni chuqur oʻqitishga asoslangan neyron tarmoq algoritmi ishlab chiqilgan.

    Download 1,65 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




    Download 1,65 Mb.