• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • Rivojlantirish




    Download 1,65 Mb.
    bet16/36
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,65 Mb.
    #233056
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
    Bog'liq
    amaliyot kundalik

    Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
    yuz tasviri asosida shaxsni tanib olish va soxta ma'lumotlarni aniqlash, video ma'lumotlarni avtomatik tahlil qilish hamda axborot tizimlariga kirish va qurilmalardan foydalanishga ruxsat berishga moʻljallangan autentifikasiyalashning algoritmik ta'minoti ishlab chiqilgan;
    soxta va haqiqiy yuzni tanib olish uchun yuz tasvirlari belgilarini ajratish va ulardan informativlarini aniqlash algoritmlari, gibrid va chuqur neyron tarmoq modellari hamda «DOFA 1.0» soxta yuz tasviri asosida qilinadigan hujumlarni aniqlash dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan.
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi algoritmlarni ishlab chiqishda raqamli tasvirlarga ishlov berish hamda timsollarni tanib olishning matematik apparatining toʻgʻri qoʻllanilishi hamda tajribaviy tadqiqotlarning ijobiy natijalari bilan tasdiqlanadi.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati tasvirlarga ishlov berish, belgilarini ajratib olish va tanib olish nazariy asoslarini istiqbolli rivojlanishiga ishlab chiqilgan algoritmlarning hissa qoʻshishi bilan izohlanadi. Soxta yuz
    tasvirlarini tanib olish uchun taklif etilgan gibrid va chuqur neyron tarmoq modellari hamda identifikasiyalash va autentifikasiyalash interfeysiga ega avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan dasturiy majmua tasvirlarga ishlov berish, belgilarni ajratib olish va soxtalik hamda jonlilikni aniqlash orqali turli avtomatlashtirilgan tanib olish tizimlarini yaratishda qoʻllanilishi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuz tasvirlari asosida biometrik identifikasiyalash tizimlariga kiruvchi ma'lumotlar haqiqiyligini aniqlashning mavjud hamda taklif etilgan model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta'minot asosida:
    kiruvchi yuz tasvirlarini normallashtirish va biometrik identifikasiyalash tizimiga kiritiluvchi ma'lumot haqiqiyligini aniqlash algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyati logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish Bosh boshqarmasida xodimlarni maxsus xonalarga kirish- chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikasiyalash uchun joriy qilingan («Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 31 avgustdagi 03/12-114-son ma'lumotnomasi). Natijada maxsus xonalarga kirish-chiqish xavfsizligini oshirish imkonini bergan;
    kiruvchi yuz tasvirlarini normallashtirish va kiruvchi ma'lumotlar haqiqiyligini aniqlashni chuqur oʻqitishga asoslangan algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyati Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasida qoʻriqlanadigan ob'ektlarga kirish-chiqishini nazorat qilish uchun joriy qilingan («Oʻzbekiston temir yoʻllari» Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 31 avgustdagi 03/12 - 114 - son ma'lumotnomasi). Natijada kirish-chiqishni nazorat qilishga sarflanadigan vaqtni oʻrtacha 10 foizga qisqartirish imkonini bergan;
    yuz tasvirlari asosida biometrik identifikasiyalash tizimlariga kiruvchi ma'lumotlar haqiqiyligini aniqlashni chuqur oʻqitishga asoslangan algoritmi va videokadr ketma-ketligidan yuzdagi jonlilikni aniqlash usuli asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «Oʻzbekiston temir yoʻllari» Aksiyadorlik jamiyati Texnika va texnologik nazorat boshqarmasi «Qamchiq» tonneli ishlarini koordinasiyalash va boshqarish xizmatining kirish-chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikasiyalash uchun joriy qilingan («Oʻzbekiston temir yoʻllari» Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 31 avgustdagi 03/12 -114-son ma'lumotnomasi). Natijada kirish-chiqish nazorat punktini xavfsiz oʻtkazish qobiliyatini 1,1 barobarga oshirish imkonini bergan.

    Download 1,65 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




    Download 1,65 Mb.