|
Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi
|
bet | 17/36 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,65 Mb. | | #233056 |
Bog'liq amaliyot kundalikTadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ma'ruza qilingan va muhokamadan oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi boʻyicha jami 17 ta ilmiy ish chop etilgan boʻlib, shulardan Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan 2 tasi xorijiy va 5 tasi respublika jurnallarida nashr qilingan hamda 1 ta EHM uchun yaratilgan dasturiy vositalarini qayd qilish guvoxnomalari olingan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya kirish, toʻrtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertasiyaning hajmi 117 betni tashkil etadi.
DISSERTASIYaNING ASOSIY MAZMUNI
Kirishda dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilab olingan hamda tadqiqot ob'ekti va predmeti aniqlangan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslab berilgan, ularning nazariy va amaliy ahamiyati koʻrsatilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish holati, nashr etilgan ishlar va dissertasiya tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertasiyaning «Shaxsni biometrik identifikasiyalash muammosining zamonaviy holati» deb nomlangan birinchi bobi, shaxsni biometrik identifikasiyalash muammosining zamonaviy holatiga bagʻishlangan boʻlib, unda shaxsni biometrik identifikasiyalash yondashuvlari, yuz tasviri asosida shaxsni tanib olish usullari, biometrik tizimlarga kiruvchi soxta hujumlarni aniqlash masalasi, mavjud tizimlar hamda ularni asosini tashkil etuvchi usul va algoritmlarning yutuq va kamchiliklari bayon etilgan. Bundan tashqari, yuz asosidagi soxta hujumlar muammolari oʻrganib chiqilgan va ularni hal etish yoʻllari hamda ushbu tadqiqot ishi masalasining qoʻyilishi
keltirilgan.
1.1-paragrafda biometrik texnologiya, uning maqsadi, yutuq va kamchiliklari, biometrik identifikasiyalash usullari sharxi, biometriyani turkumlanishi, biometrik tanib olish usullari, autentifikasiyalash usullari, ularning yutuq va kamchiliklari boʻyicha ma'lumotlar keltirib oʻtilgan. Bundan tashqari, shaxsni biometrik identifikasiyalash yondashuvlari tahlili, tanib olishning statik va dinamik usullari, ularning yutuq va kamchiliklari, kirishni boshqarishda foydalanuvchini tanib olish sxemasi (1-rasm), biometrik tizimlarga qoʻyiladigan talablar keltirilgan.
|
| |