• 2-rasm. Biometrik autentifikasiyalash jarayoni blok-sxemasi
  • -rasm. Kirishni boshqarishda foydalanuvchini tanib olish sxemasi




    Download 1,65 Mb.
    bet18/36
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,65 Mb.
    #233056
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
    Bog'liq
    amaliyot kundalik

    1-rasm. Kirishni boshqarishda foydalanuvchini tanib olish sxemasi


    1.2-paragrafda yuz tasviri asosida shaxsni tanib olish masalasi va uni echish usullari bayon etilgan, mavjud usul va algoritmlarni yutuq va kamchiliklari aniqlanib, foydalanuvchi yuz tasvirlarini toʻgʻri tanib olish ehtimolligini oshirish masalasi va uni echish usullari tahlil etilgan. Tahlil natijalari asosida soxta va haqiqiy yuz tasvirlarini ajratish masalasini echishda yuz tasvirini tanib olishning oʻramli neyron tarmoqlari usuli identifikasiyalashning asosiy usuli sifatida olingan.
    1.3-paragrafda shaxsni biometrik identifikasiyalash tizimlarida soxta kiritilgan ma'lumotlarni aniqlash muammosining zamonaviy holati bayon etilgan boʻlib, unda biometrik tizimlarga qilinadigan tahdid turlari va ob'ektni soxtalashtirishga qarshi choralar hamda soxta hujumlarni aniqlashning xarakterli xususiyatlari oʻrganilgan.
    1.4- paragrafda biometrik tizimlarga kiruvchi yuz tasviri haqiqiyligi va jonliligini aniqlash masalasi bayon etilib, uni echish bosqichlari taklif etilgan va jonlilikni aniqlash masalasini echishda optimal algoritmni tanlash tartibini ishlab chiqish yoʻllari keltirilgan. Bundan tashqari, biometrik autentifikasiyalash jarayoni blok-sxemasi (2-rasm) ishlab chiqilgan hamda ular asosida dissertasiya tadqiqotining maqsad va vazifalari shakllantirilgan.

    2-rasm. Biometrik autentifikasiyalash jarayoni blok-sxemasi


    Dissertasiyaning «Chop etilgan yuz tasvirlarini aniqlash algoritmlari» deb nomlanuvchi ikkinchi bobi 4 ta paragrafdan iborat. Mazkur bob chop etilgan yuz tasvirlarini aniqlash algoritmlariga bagʻishlangan boʻlib, unda teksturaga tahliliga, lokal harakatlarni aniqlashga va videokadrlar ketma-ketligi tahlilga asoslangan algoritmlar tahlil etilgan va yuz tasvirlariga dastlabki ishlov berish usullari qisqacha bayon etilib, tasvirni tekislash algoritmi taklif etilgan.
    2.1-paragrafda soxta yuzlarni tekstura tahliliga asoslangan mavjud usul va algoritmlari tahlili asosida ularning yutuq va kamchiliklari aniqlangan. Shuningdek, rang teksturalari tahliliga asoslangan soxta yuz tasvirlarini aniqlash sxemasi ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur sxema asosida algoritm taklif etilgan va u koʻplab mashhur bazalarda sinovdan oʻtkazilgan. Taklif etilgan algoritm quyidagi qadamlarda amalga oshiriladi.

    1. qadam. Berilgan rangli tasvir YCbCr ranglar modeliga oʻtkaziladi.

    2. qadam. Tasvirning har bir kanali uchun LBSh qiymatlari hisoblanadi. Tekis taqsimlangan LBShlar tanlab olinadi, tekis taqsimlanmagan barcha

    LBShlar bir xil qiymatli deb hisoblanadi.

    1. qadam. LBSh qiymatlari gistogrammalari shakllantiriladi.

    2. qadam. Tasvir barcha kanallari gistogrammalari birlashtiriladi.

    3. qadam. TVU yordamida tasvir soxta yoki haqiqiyligi aniqlanadi.

    2.2-paragrafda lokal harakatlarni aniqlashga asoslangan algoritmlar bayon etilgan boʻlib, unda lokal harakat turlari keltirib oʻtilgan va bu turlarga mos ma'lumotlar bazasi shakllantirilgan. Bundan tashqari, lokal harakat turlariga mos soxta hujumlarni aniqlash usullari tahlil qilingan.
    2.3-paragrafda videokadrlar ketma-ketligi tahliliga asoslangan algoritmlar tahlil etilgan boʻlib, unda algoritmlarni baholash va ulardan foydalanish yoʻllari hamda ularni baholashda foydalanish mumkin boʻlgan ma'lumotlar bazalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
    2.4-paragrafda yuz tasvirlariga dastlabki ishlov berish usullari bayon etilgan boʻlib, unda videoyozuvining har bir kadrida yuz sohasini va ikki nazorat nuqtasini, ya'ni chap va oʻng koʻzlar tashqi burchaklarini aniqlash orqali yuz tasvirini geometrik normallashtirish algoritmi taklif etilgan (3-rasm). Taklif etilgan algoritm quyidagi qadamlarda amalga oshiriladi.

    1. qadam. Gorizontal oʻqga nisbatan yuzni burish burchagini aniqlanadi:

    a  arctan yL yR
    xL xR
    bu erda (xL, uL) va (xR, yR) – chap va oʻng koʻz tashqi nuqtalari koordinatasi.

    1. qadam. Aniqlangan a burchakka yuz tasviri buriladi.

    2. qadam. Koʻzlar tashqi nuqtalari orasidagi masofa berilgan w0 boʻsagʻaviy qiymatdan katta boʻlmaguncha yuz tasvirini masshtablashtirish amalga oshiriladi.

    3. qadam. Koʻzlar chetki nuqtalaridan x va y oʻqi boʻyicha {dxL, dxR, dyU, dyD} masofaga siljitish orqali, yuz sohasini maksimal qamrab oluvchi qism ajratiladi.

    Ushbu algoritmni qoʻllash natijasi quyidagi rasmda keltirilgan.



    Download 1,65 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




    Download 1,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Kirishni boshqarishda foydalanuvchini tanib olish sxemasi

    Download 1,65 Mb.