• 5.4. Daraxt “ko’rigi” funksiyalari
  • Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi




    Download 15,77 Kb.
    bet2/5
    Sana07.01.2024
    Hajmi15,77 Kb.
    #131511
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasi va ular ustida amallar.-fayllar.org (1)



    5.3. Algoritm

    Binar daraxt yaratish funksiyasi


    Binar daraxtni hosil qilish uchun kompyuterxotirasida elementlar quyidagi 4.2-rasmdagidek toifada bo’lishi lozim.

    Binar daraxt elementining tuzilishi


    p – yangi element ko’rsatkichi
    next, last – ishchi ko’rsatkichlar, ya’ni joriy elementdan keyingi va oldingi elementlar ko’rsatkichlari
    r=rec – element haqidagi birorta ma’lumot yoziladigan maydon
    k=key – elementning unikal kalit maydoni
    left=NULL – joriy elementning chap tomonida joylashgan element adresi
    right=NULL– joriy elementning o’ng tomonida joylashgan element adresi.
    Dastlab yangi element hosil qilinayotganda bu ikkala maydonning qiymati 0 ga teng bo’ladi.
    tree – daraxt ildizi ko’rsatkichi
    n – daraxtdagi elementlar soni
    Boshida birinchi kalit qiymat va yozuv maydoni ma’lumotlari kiritiladi, element hosil qilinadi va u daraxt ildiziga joylashadi, ya’ni tree ga o’zlashtiriladi. Har bir hosil qilingan yangi elementning left va right maydonlari qiymati 0 ga tenglashtiriladi. Chunki bu element daraxtga terminal tugun sifatida joylashtiriladi, hali uning farzand tugunlari mavjud emas. Qolgan elementlar ham shu kabi hosil qilinib, kerakli joyga joylashtiriladi. Ya’ni kalit qiymati ildiz kalit qiymatidan kichik bo’lgan elementlar chap shoxga, katta elementlar o’ng tomonga joylashtiriladi. Bunda agar yangi element birorta elementning u yoki bu tomoniga joylashishi kerak bo’lsa, mos ravishda left yoki right maydonlarga yangi element adresi yozib qo’yiladi.
    Binar daraxtni hosil qilishda har bir element yuqorida ko’rsatilgan toifada bo’lishi kerak. Lekin hozir biz o’zlashtirish osonroq va tushunarli bo’lishi uchun key va rec maydonlarni bitta qilib info maydon deb ishlatamiz.


    left

    right

    info
    Bu yerda p hali aytganimizdek, kiritilgan kalitga mos hosil qilingan yangi element ko’rsatkichi, next yangi element joylashishi kerak bo’lgan joyga olib boradigan shox adresi ko’rsatkichi, ya’ni u har doim p dan bitta qadam oldinda yuradi, last esa ko’rilayotgan element kimning avlodi ekanligini bildiradi, ya’ni u har doim p dan bir qadam orqada yuradi (4.4-rasm).

    Binar daraxt elementlarini belgilash


    Shunday qilib binar daraxtini ham yaratib oldik. Endigi masala uni ekranda
    tasvirlash kerak, ya’ni u ko’rikdan o’tkaziladi yoki vizuallashtirsa ham bo’ladi.

    5.4. Daraxt “ko’rigi” funksiyalari


    5.5-rasmdagidek binar daraxt berilgan bo’lsin:

    3 ta elemetdan iborat binar daraxt


    Binar daraxtlari ko’rigini uchta tamoyili mavjud. Ularni berilgan daraxt misolida ko’rib chiqaylik:


    1) Yuqoridan pastga ko’rik (daraxt ildizini qism daraxtlarga nisbatan oldinroq ko’rikdan o’tkaziladi): A, B, C ;
    2) Chapdan o’ngga: B, A, C ;
    3) Quyidan yuqoriga (ildiz qism daraxtlardan keyin ko’riladi): B, C, A .
    Daraxt ko’rigi ko’pincha ikkinchi usul bilan, ya’ni tugunlarga kirish ularning kalit qiymatlarini o’sish tartibida amalga oshiriladi.



    Download 15,77 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 15,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi

    Download 15,77 Kb.