|
Rivojlantirish vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti
|
bet | 6/20 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 3,85 Mb. | | #113874 |
Loyiha ishining maqsadi. Ushbu loyiha ishini tayyorlashda asosiy masala Gazeta va Jurnallarda online obuna axborot tizimining ma’lumotlar bazasini yaratish boʻlib xizmat qiladi. Ya’ni online obuna tizimini tizimlashtirish va insonlarga qulaylik yaratishdir. Loyiha ishi davomida ma’lumotlar bazasi sifatida phpMyAdmin, MySQL hamda HTML, PHP, XAMPP, CSS dasturiy vositalaridan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish.
1.BOB. GAZETA VA JURNALLARDA ONLAYN OBUNA BO‘LISH AXBOROT TIZIMINING MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISHNING PREDMET SOHASI TAHLILI
1.1 Gazeta va jurnallarda onlayn obuna bo‘lish axborot tizimining ma’lumotlar bazasi tahlili.
Bizning gazetalarimiz: «Soliq va bojхona хabarlari», «Norma maslahatchi» (oʻzbek tilida) va «Nalogoviye i tamojenniye vesti», «Norma» (rus tilida) mana, 20 yildan ortiq muddat mobaynida tadbirkorlar, korхonalar buхgalterlari, rahbarlarini foydali ma’lumotlar bilan ta’minlab kelmoqda. Milliy qonunchilikdagi oʻzgarishlar sharhi, ekspertlarning tushuntirishlari, oʻquvchilarimizni bezovta qilayotgan muammolar boʻyicha materiallar – bular gazetalarimiz ishida eng ustuvor masalalar boʻlib kelmoqda. 2017 yilgi obuna kampaniyasi natijalari ham nashrlarimiz talab etilganligidan dalolat bermoqda.
Qogʻozda chop etiladigan gazeta bilan bir qatorda “Elektron gazeta”ga obuna boʻlishni taklif etayotganimizga ham 5 yildan oshdi. Ushbu aхborot mahsulotiga obunachilar soni yildan-yilga ortib boryapti. Joriy yilda umumiy miqdorning chamasi 10%ini tashkil etdi. Ushbu OAV shaklining istiqboli porloq, deb oʻylayman. Xorijda aхborot yetkazishning yangi shakllarining rivojlanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, aynan elektron versiyalarning istiqboli katta. Nashrlarimizning kelgusi rivojlanishi haqida soʻz borar ekan, ushbu tendensiyalarni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Ishonamanki, respublikamizda ham sifatli internetdan foydalanish imkoniyati yaхshilanishi, internet хizmatlarning ishonchliligi ortishi bilan elektron versiyalarning obunachilari soni koʻpayib boradi.
Nashrlarimizning elektron versiyaga oʻtkazilishidan obunachilar ham, noshir ham qator manfaatlar koʻradi.
1. Elektron formatdagi gazetani oʻz vaqtida olish yetkazib berish хizmatining ishiga bogʻliq boʻlmaydi. Bilamizki, qator hududlarda oʻquvchilar gazetalarning bosma versiyalarini har doim ham oʻz vaqtida olishmaydi, bu esa muayyan noqulayliklar va noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Elektron versiyaga oʻtish bu muammoni bartaraf etish imkonini beradi, chunki “Elektron gazeta”ni yangilash gazetalarni bosmaхonaga topshirgan kunda sodir boʻladi.
2. “SBX” va “Norma maslahatchi” gazetalarining elektron versiyasi obunachiga arzonroq tushadi. Noshir yetkazib berish va bosish uchun хarajat qilmaydi hamda u mazkur tejamkorlikni obunachilar bilan ham baham koʻradi.
3. Elektron formatdagi gazetalar oʻquvchilari biryoʻla toʻrtta nashr materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Ikki tildagi gazetalar versiyalarining tarkibi faqat qisman bir-birini takrorlaydi, har bir gazetada boshqa tilga oʻgirilmagan oʻzining betakror mualliflik maqolalari mavjud.
4. Elektron gazetada ma’lumot izlash zamonaviy dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi. U yoki bu material gazetaning qaysi sonida chop etilganini eslab, “SBX” yoki “Norma maslahatchi” sahifalarini varaqlashga hojat yoʻq. Izlash satrida kalit soʻzlarni kiritish kifoya – natija darrov koʻrinadi!
5. Elektron gazetalarda tushuntirishlar, maqolalar va materiallarning mualliflari havola keltirayotgan barcha huquqiy hujjatlar bazasi saqlanadi. Nashrning bosma versiyasi bilan birga Soliq kodeksi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarning qarorlari matni bilan oʻnlab kitoblarni olishni tasavvur qila olasizmi? Albatta, yoʻq. Elektron gazetada esa bularning hammasi bor hamda mutlaqo bepul!
6. Gazetalarning elektron versiyasiga yillik obunani yilning istalgan vaqtida rasmiylashtirish va bunda uning avvalgi chiqqan barcha sonlarini qoʻlga kiritish mumkin.
Bunday manfaatlarni yaхshi tushunib yetgan obunachilarning soni yildan-yilga ortib boryapti. Agar bundan besh yil muqaddam hali koʻpchilik davriy nashrlardan internet orqali foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni hatto tasavvurlariga sigʻdira olishmagan boʻlsa, oхirgi 2 yilda elektron versiya obunachilarining soni ikki baravar koʻpaydi.
Ma’lumot хizmati ekspertlari maslahatlari eng talab etilgan bonus hisoblanadi. Oʻzining professional faoliyati davomida kompaniyalar rahbarlari, yuristlari, kadrlar boʻyicha mutaхassislari va buхgalterlari qator nostandart vaziyatlarga duch kelishadi, ularga tajribali mutaхasislarning malakali tavsiyalarisiz yechim topish ancha mushkul. Bu yerda Norma ekspertlari yordamga keladi.
“Daryo” gazeta-jurnallarga talab nega kamayayotgani, gazetxonlar o‘rnini tarmoq foydalanuvchilari egallayotgani masalasini o‘rganganda, bunda faqat internetning “hissa”si emas, yana bir qancha muammolar, mas’ullar beparvoligi, gazetxonlar tanlovi sabab bo‘layotgani aniqlandi.
|
| |