|
Rivojlantirishdagi ahamiyatiBog'liq 40-45www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 42
materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o‘quv
ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi.
Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan sohalariga informatika, matematika,
kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma’lumotlarni birlashtiradi.
Biroq bu uyg‘unlikda psixologik-pedagogik asos yetakchi o‘rin tutadi. Axborot
texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga joriy qilish muhim o‘rin
egallaydi.
Odatdagi
ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot
texnologiyalaridan
foydalanish
natijasida
o’qituvchining
ish
mehnatini
osonlashtiruvchi quroli bo‘lib u ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kompyuter
vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv
materialini o‘zlashtirishda;
o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va
mustahkamlashda;
o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘z-o‘zini
nazorat qilish bosqichida;
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan
o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda
o‘qitishni masofaviy individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning
qiziqishlari va o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi. Maktab
pedagogik jarayonida kompyuter o‘qituvchining asosiy ishchi quroli, o‘qitish obyekti,
hisoblanishi mumkin.
Kompyuter o‘qituvchi sifatida — o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq
o‘rnini bosadigan o‘quv axboroti manbai: multimediya va telekomunikatsiya
imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat darajasidagi ko‘rgazmali vosita; individual va
axborot muhiti; trenajyor; o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi
|
| |