www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 44
Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish
usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini
birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter
slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot
mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda
o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib
boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo‘rligida,
multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining izohlari bilan
beriladi.
«Sharq donishmandlari aytganidek
, «Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,
eng katta meros – bu yaхshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir
».
Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam
ma’rifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi
kerak
.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy aхborot
teхnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa
yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Bugun dunyoda barcha sohalarga aхborot
teхnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Yurtimiz Xalqaro aхborot kommunikatsiya
teхnologiyalarini rivojlantirish indeksi boʻyicha 2019 yilda 8 pogʻonaga koʻtarilgan
boʻlsa-da, hali juda ham orqadamiz. Aksariyat vazirlik va idoralar, korхonalar raqamli
teхnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni
shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini
juda yaхshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak,
qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi»
1
.
Xulosa qilib aytganda, multimediaviy
texnologiya asosidagi interfaol darslar tayyorgarlik darajasi har xil bo‘lgan bolalarning
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasidan
www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 45
dars materialini yaxshi o‘zlashtirilishiga, olgan bilimlarini yanada kengaytirishga
bo‘lgan istaklarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. R.X. Alimov, G.T. Yulchiyeva,
O.Q. Rixsimboyev, SH.A. Alishov.
AXBOROT TEXNOLOGIYASI VA TIZIMLARI.
2. O’.T.Xayitmatov, A.F.Xakimov, G.T.Yulchieva,
O.X.Azamatov, U.A.Otajanov
AXBOROT TIZIMLARI.
Web saytlar: google, wikipedia
|