Rivojlantirishdagi ahamiyati




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.05.2024
Hajmi0,69 Mb.
#249364
1   2   3   4   5
Bog'liq
40-45

www.pedagoglar.uz
 
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 41 

bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilm olishga qiziqishlari ortadi; 

mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi; 

bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, 
ijobiy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. 
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sohasida, o‘quv 
faoliyatida va o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar 
yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta’limni amalga oshish jarayonida hayot bilan 
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. O‘qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan 
chambarchas bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda 
o‘quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga: kompyuter vositalari 
orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetikaviy 
imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish lozim. Kompyuter va 
axborot texnologiyalarini o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning to‘laqonli vositasiga 
aylantirish uchun o‘qituvchining o‘zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon 
(salohiyatli) bo‘lishi kerak. 
Shu bilan birga har bir o’qituvchi 

kompyuter va uni texnik va dasturiy ta’minotini ishlatishni asosiy 
tushunchalarini bilish; 

hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik; 

taqdimot yaratuvchi va elektron test tayyorlash dasturiy vositalarni ishlata olishi. 

internet tarmog’idagi talimiy saytlar, maxsus talimiy platformalar ijtimoiy 
tarmoq mesenjerlarida ishlay bilishi kerak. 
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik 
bilan rivojlanib borishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikaviy 
imkoniyatlar ochib beradi. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik 
maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish maqsadidagi axborot uni 
loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o‘qitish 
tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni tuzish uchun o‘quv 



Download 0,69 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish