|
Rivojlantirishdagi ahamiyatiBog'liq 40-45www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 43
vazifalarini bajaradi. Ishchi qurol sifatida kompyuter — matnlarni tayyorlash va ularni
saqlash matn redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash
mashinasi vazifalarini bajaradi. Hozirgi kunda kompyuter o‘qitishning qudratli
vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng ishi, quyidagilardan
iborat:
a)
butun sinf o‘quv predmeti darajasida o‘quv jarayonini tashkillashtirish (o‘quv
jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat);
b)
sinf ichida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish, ish
o‘rinlarini joylashtirish, yo‘riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni boshqarish
kabilar;
v)
o‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, bolalar bilan
individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual o‘qitishning ko‘rish
va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal variantiga erishiladi;
g)
axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma’lum bir o‘quv fani
mazmuni bilan bog‘liqligidan iborat.
Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o‘tkazish
yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon
qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga
yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha,
interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar
shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv
materialining
tushunarsiz
qismlarini
batafsilroq
anglab
olishga
intiladilar,
baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda
har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi, birgalashib,
hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o‘quvchi darsdagi
asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir — birini o‘qitadi.
|
| |