www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 40
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM TIZMINI
RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI.
Samarqand viloyat Pastdarg‘om tumani
44-umumiy o'rta ta'lim maktabi informatika fani o'qituvchisi
Xakberdiyeva Dilnoza Aslamovna
Annotatsiya: Maktab o’quvchilari o’rtasida
axborot texnologiyalaridan
foydalanishda hayotiy konikmalarni shakillantrish,
axborot olish, tahlil qilish,
tarqatishda axborot texnologiyalarining ta'limdagi axamiyatini tushunib oladilar
Kalit so’zlar: multimedia, axborot olish usullari,dasturiy ta'minit
Hozirgi kunda har bir o’qituvchi va o’quvchining
axborot komunikatsion
texnologiyalari bilan mukammal tarzda ishlay olishi talab etiladi. Bu bizga ta’limning
sifati va uni nazorat qilishni osonlashtiradi. Davr ruhini ifodalab,
kun sayin barcha
sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta’lim
maktablari ta’lim jarayoniga ham tadbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun
jahon miqyosidagi axborot tarmog‘i har qanday
sohada axborotning hajmi va
tezligidan qat’iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi.
Multimedia va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarining
umumiy ta’lim maktablari ta’lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida
samarali vosita
sifatida foydalanishga keng yo‘l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol
shaxsni
rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini
shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib
borayotganligini inkor etib bo‘lmaydi. Umumiy ta’lim maktablaridagi ta’lim
jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o‘qituvchi va o‘quvchilar
oldida
quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:
axborot yig‘ishning yangi usullarini va ularni qo‘llashni bilib oladilar;