Muammoni bartaraf qilish omillari




Download 78 Kb.
bet3/9
Sana19.03.2021
Hajmi78 Kb.
#13302
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Muammoni bartaraf qilish omillari. Texlogoya va milliy ishlab chiqarish sohasidagi kattagina muammolar yuqorida sanab oʻtilgan omillarga koʻra koʻzga koʻrinib turipti. Sohada nafaqat kamchiliklarni bartaraf qilish orqali, balki keyinchalik ushbu sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa inqirozlarnining boshlanishi sabablarini oldini olish orqali ishlab chiqarish va texnolog kadrlar salohiyatini oshirish sohalaridagi ijobiy oʻsishga erishish mumkin.

Bu borada oʻsishga erishish uchun qariyb yuz yildan beri ushbu sohani rivojlantirish uchun o`zining ulkan hissasini qo`shib kelayotgan va tarmoqlar kesimida yetuk mutaxassislar yetishtirib berayotgan, bu bilan boshqa davlatlarning ushbu tarmoqlardagi muvaffaqqiyatga erishishi uchun oʻzining modeli bilan yetuk mutaxxassislar yetishtirib kelayotgan Belarus Milliy texnika universiteti bilan Oʻzbekistonda ijtimoiy adolatni taʼminlashda va aholi hayot tarzini yaxshilashda o`zining muhim tashabbuslarini bildirayotgan Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining tizimli va doimiy hamkorlik bitimini imzolashi mamlakat taraqqiyoti uchun juda muhim qadamlardan biri bo`lishi shubhasiz.

Tizimdagi muammolarni bartaraf etish O`zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining ham ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Partiyaning ustavida nazarda tutilgan vazifalar qatoriga ham yuqorida koʻzda tutilgan islohotlar kiritilgan. Quyida sohaga oid bir qator vazifalar sanab oʻtilgan:


  • Millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, doʻstlik va hamjihatlikni rivojlantirish;

  • Respublika fuqarolarining turmush darajalarini koʻtarish;

  • Malakali mutaxassislar, byudjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, injener va texniklar, ilm-fan vakillari, xizmat koʻrsatish sohalari mehnatkashlarining manfaatlarini himoya qilish.

XX asrning 20-yillarida Belarus va Yevrosiyodagi iqtisodiyotni tiklash muammolari xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab etardi. Shu bois, 1920-yil 10-dekabr kuni ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari uchun oliy maʼlumotli texniklar yetishtirib chiqarish maqsadida Belarus davlat politexnika instituti oliy texnik bilim yurti tashkil etildi. 2002-yilda ushbu bilim yurtiga Belarus Milliy texnika universiteti nomi berildi. 2005-yilda Belarus Milliy texnika universitetiga "Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining oliy texnik taʼlim boʻyicha tayanch tashkiloti" maqomini berishga qaror qilindi. Tashkil etilgan vaqtidan beri universitet Belarus davlati uchun 185 mingdan va 120 davlat uchun 7 mingdan ziyod yuqori malakali kadrlarni tayyorladi.

Taʼlim muassasasi tarkibida olti institut, oʻn olti fakultet, toʻqqiz kollej, oʻttiz ikki tezkor prototiplash laboratoriyasi, texnopark, zavod, oʻttiz besh sport muassasasi, oʻn ikki madaniyat markazi, sanatoriy profilaktoriy va oʻn olti zamonaviy talabalar yotoqxonasi mavjud.

Bu orqali milliy mahsulotlarning sifatini oshirish, ichki va tashqi bozordagi mavqeyini yaxshilash, yangi milliy brendlarni tashkil etish, monopol tashkilotlarning bevosita raqobat bozoriga kirishini taʼminlash va shu bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotini toʻgʻri shakllantirish, narx arzonlashishi, sogʻlom raqobat bozorining shakllanishini taʼminlash, inflyatsiyaning ma’lum darajada sekinlashishini taʼminlash va yana bir qator maqsadli islohotlarni amalga oshirish uchun yoʻl ochib beradi.

Koʻzda tutilgan sohalarni rivojlantirish, ularga yetuk mutaxassislarni tayyorlash va jalb qilish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikda taʼlim muassasasidan yetakchi kadrlarni jalb qilgan holda respublikamiz hududida tezkor prototiplash laboratoriyasi va texnopark ishga tushurish maqsadga muvofiq. Bu orqali ishlab chiqarish sohasida dolzarb boʻlib kelayotgan oʻndan ortiq sohalar milliylashishiga va ushbu sohalar uchun import hajmi kamayib milliy mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortishi va keyinchalik ushbu mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilish imkoniyati yaratiladi.




Download 78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 78 Kb.