Fan bo’yicha talabalar bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar




Download 158.5 Kb.
bet4/26
Sana21.07.2021
Hajmi158.5 Kb.
#15426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Fan bo’yicha talabalar bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

«Dehqonchilik va melioratsiya asoslari» fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:

Dehqonchilikning ilmiy asoslari va asosiy qonunlari; tuproqning suv, havo, issiqlik, oziq rejimlari va boshqarish usullari; respublika ta’lim tizimi, turlari, bosqichlari, shakli; melioratsiyani rivojlantirish uchun qabul qilingan qonun va qarorlarni; bakalavr darajasiga ega mutaxassislarning kasbiy faoliyat turlari va obyektlari haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak;

Tuproq unumdorligi, madaniyligi, strukturasi va ularni yaxshilashni; begona o’tlar turlari, klassifikasiyalarini; ekinlarni almashlab va navbatlab ekishning ahamiyatini; sho’r tuproqlarning turlarini, sho’rlanish darajalarini, tiplarini; ekinlarga tuzlarning ta’sirini; suv resurslari va manbalarini; sug’orish tarmoqlari va ularning elementlarini; "Ta’lim to’g’risida"gi qonunlarni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini; bibliografik bilimlar asosini bilishi va ulardan foydalana olishi;

Yerni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, ekish usullarini tanlash, ekish; qator oralariga ishlov berish; ekinlarni almashlab va navbatlab ekish tizimlarini tuzish; sug’orish rejasi, sho’r yuvish rejasini tuzish, suv o’lchash; sug’orish muddatlarini belgilash, sug’orishni amalga oshirish; sho’rlanish, botqoqlanish va erroziyaga moyil yerlarda meliorativ nazorat tadbirlarini amalga oshirish; sho’r yuvish usullari, muddatlari, me’yorlari, amalga oshirish texnologiyalari; “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va ta’lim tizimi xuquqiy va me’yoriy o’quv hujjatlaridan bilim olish jarayonida foydalanish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Tuproq unumdorligini oshirish; shudgorlash, shudgor sifatini aniqlash usullari; begona o’tlarga qarshi kurashish; tuproqning sho’rlanish darajalarini, suvlarning minerallashganligini aniqlash yo’llari; tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi va tuproq eroziyasini oldini olish hamda ularga qarshi kurashish tadbirlari; sug’orish, kollektor-zovur tarmoqlaridan foydalanish; ekinlarni sug’orish turlari, tartiblari(sug’orish soni, muddatlari, me’yorlari, tizimlari) va sug’orish usullari;o’quv va ilmiy adabiyotlardan foydalanish xaqida malakalariga ega bo’lishi kerak.



Download 158.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 158.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan bo’yicha talabalar bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

Download 158.5 Kb.