Yadro fizikasi kafedrasi dotsenti O. Mamatqulov
Kafedra mudiri: R.M.Rajabov
Fanning ishchi o’quv dasturi fizika fakulteti o’quv – uslubiy kengashidan muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan(2019 yil avgustdagi №1-sonli bayonnoma).
Fakultet o’quv – uslubiy kengashi raisi: X. O. Shakarov
Fanning ishchi o’quv dasturi fizika fakulteti Ilmiy kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil avgustdagi №1-sonli bayonnoma).
Fakultet Ilmiy kengashi raisi: A. Absanov
Kelishildi: O’quv - uslubiy boshqarma boshlig’i B. Aliqulov
K I R I Sh
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo‘lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘lgan manbalarni yo‘qotish, ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo‘lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishda talabalarga «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanini o‘rgatishdan maqsad – bo‘lajak mutaxassislarga xavfsizlikning ilmiy asosini tushuntirib, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni to‘la ta’minlashning oqilona yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Fanni o’rganishdagi asosiy vazifalar ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish orqali amalgam oshiriladi. Shuningdek, o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan foydalaniladi. «Hayot faoliyati xavfsizligi» kursini o’zlashtirish jarayonida talabalar quyidagi jihatlarga ega bo’lishlari ko’zda tutilgan:
fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asosdlarini, ya'ni fanning mohiyatini, asosiy tushunchalarini, tarkibiy qismini, huquqiy asoslarini;
fuqaro muhofazasi boyicha O'zbekistonda tashkil etilgan ishlar, hozirgi zamon urushi xususiyatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va undagi fuqaro muhofazasi;
fuqaro muhofazasida qo'llaniladigan nazorat va shaxsiy asboblar va himoya vositalarini qo'llash, tabiiy va texnogenfavqulodda vaziyatlardan biri bo'lgan yong'in xavfsizligi va yuqorida keltirilgan vaziyatlarda jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam berish;
sog'lom va qulay mehnat sharoitlarini yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar tuzishda, hamda sohaga bdoir ishlarni tashkil etishda hayot xavfsizligi talablarini hisobga olish, inson hayot faoliyati davrida turli salbiy omillardan himoyalanish usuli va vositalari to'g'risidagi malakaga ega bo'lib boradi;
Hayot faoliyati xavfsizligidan bilim, ta'lim va tarbiya berishning samarali usullarini amaliyotga joriy etish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'ladi;
talaba mustaqil ravishda mehnat faoliyatida, favqulodda vaziyatlarda, ayniqsa yong'in vaqtida fuqaro hayot xavfsizligini ta'minlash, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish malakalariga ega boladi.
Fanning vazifasi – davlat ta’lim standartlari asosida fanni o’rganish jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim berish, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga fan inson faoliyatining ishlab chiqarishdagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, turli xildagi tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan saqlanish,
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar, mineral o’g’itlarni, sanoat va qurilish materiallarini caqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining qo’pol ravishda buzilishi yerning, havoning ifloslanishiga olib kelmoqda.
O’zbekiston hukumati mehnatkashlarning turmush sharoitini yaxshilash, sanoat korxonalarida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanib mexnat sharoitini yuqori darajaga ko’tarish, shikastlanish va kasallanish darajasini pasaytirish, mehnat unumdorligini ko’tarish va ishchi-xizmatchilarni rag’batlantirish maqsadida mavjud qonunlar asosida ish olib borayapti, qo’shimcha qaror, farmon va yo’llanmalar ishlab chiqilayapti hamda amalda qo’llanilayapti.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifasi bo’lajak mutaxassislarga xavfsizlikning ilmiy asosini tushuntirib, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni to’la ta’minlashning oqilona yo’llarini o’rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston hukumati mehnatkashlarning turmush sharoitini yaxshilash, sanoat korxonalarida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanib mehnat sharoitini yuqori darajaga ko‘tarish, shikastlanish va kasallanish darajasini pasaytirish, mehnat unumdorligini ko‘tarish va ishchi-xizmatchilarni rag’batlantirish maqsadida mavjud qonunlar asosida ish olib borishda bo‘lajak mutaxassislarga xavfsizlikning ilmiy asosini tushuntirib, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni to‘la ta’minlashning ko‘nikmalari hosil bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Laboratoriya mashg’ulotlarini mustaqil bajarish, o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydalanish malakalariga ega bo’lishini ta’minlash.
Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Ushbu o‘quv fanni o‘rganishda talabalar fizikaning «Molekulyar fizika», elektr va magnitizm», «Fizikaviy kimyo», «Elektron texnika materiallari va elementlari» va «Elektronikaning fizika – kimyoviy asoslari», hamda ta’lim yo’nalishining boshqa fanlari bilan uzviy bog’liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar, mineral o‘g’itlarni, sanoat va qurilish materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi yerning, havoning ifloslanishiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston hukumati mehnatkashlarning turmush sharoitini yaxshilash, sanoat korxonalarida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanib mehnat sharoitini yuqori darajaga ko‘tarish, shikastlanish va kasallanish darajasini pasaytirish, mehnat unumdorligini ko‘tarish va ishchi-xizmatchilarni rag’batlantirish maqsadida mavjud qonunlar asosida ish olib borayapti, qo‘shimcha qaror, farmon va yo‘llanmalar ishlab chiqilayapti hamda amalda qo‘llanilayapti. Fan bo’yicha olingan bilimlar Respublikamizning barcha ishlab chiqarish birlashmalarida, tashkilotlarida jumladan barcha o’quv yurtlarida talabalarimizning yetarli bilim va tajribalariga tayangan holda ishlar olib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o’qitishda kompyuterlashtirilgan multimediyalardan foydalanishi, Internet tarmog’idan ko’rgazmali materiallardan, shuningdek ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanini o‘qitishda elektr va magnit hodisalar qonunlarini namoyishi, o‘quv kino filmlari, kompyuterlashtirilgan multimediyalardan foydalanish. Internet tarmog‘idan ko‘rgazmali materiallardan, shuningdek ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kursini loyixalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.