Nazorat savollari:
1. Tarmoq trafigini tahlillashga asoslangan buzish usullarini
tushuntirib bering.
2. Tarmoqning yolg‘on obyektini kiritishga
asoslangan buzish
usulini ishlash prinsipini tushuntirib bering.
3. Yolg‘on marshrutni kiritish qanday amalga oshiriladi?
4. Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan buzish usuli
turlarini tavsiflab bering.
35
I ll BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIGA OID
XALQARO VA MILLIY ME’YORIY-HUQUQIY BAZA
3.1. Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar
Xavfsizlik standartlarining asosiy maqsadi axborot texno-
logiyalari mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va
kvalifikatsiyalash bo'yicha ekspertlar orasida o ‘zaro aloqani
yaratish hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar uchun standartlar,
axborot mahsulot-
larining imkoniyatlarini taqqoslash uchun zarur. Undan tashqari
standartlar axborot mahsulotlari xususiyatlarini
obyektiv baholash
mexanizmi hisoblanuvchi, sertifikatsiyalash
muolajalari uchun
zarur.
Iste 'molchilar ehtiyojlariga muvofiq axborot mahsulotini asosli
tanlashga imkon beruvchi usulga manfaatdordurlar.
Buning uchun
ularga xavfsizlikni baholash shkalasi zarur.
Axborot
texnologiyalari
mahsulotlarini
kvalifikatsiyalash
bo ‘yicha ekspertlar standartlami ularga
axborot texnologiyalari
mahsulotlari
tomonidan
ta’minlanuvchi
xavfsizlik
darajasini
baholashga imkon beruvchi instrument sifatida qabul qiladilar.