• Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan
  • YoIg‘on marshrutni kiritish




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/183
    Sana25.01.2024
    Hajmi10,28 Mb.
    #145814
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   183
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    YoIg‘on marshrutni kiritish. Ma’lumki, zamonaviy global 
    tarmoqlari bir-biri bilan tarmoq uzellari yordamida ulangan tarmoq 
    segmentlarining majmuidir. Bunda marshrut deganda ma’lumotlami 
    manbadan qabul qiluvehiga uzatishga xizmat qiluvchi tarmoq uzel- 
    larining ketma-ketligi tushuniladi. Marshrutlar xususidagi axborotni 
    almashishni unifikatsiyalash uchun marshrutlami boshqaruvchi 
    maxsus protokollar mavjud. Intemetdagi bunday protokollarga yan- 
    gi marshrutlar xususida xabarlar almashish protokoli - ICMP (Tar- 
    moqlararo boshqaruvchi xabarlar protokoli) va marshrutizatorlami 
    masofadan boshqarish protokoli SNMP (Tarmoqni boshqarishning 
    oddiy protokoli) misol bo‘la oladi. Marshrutni o'zgartirish hujum 
    qiluvchi yolg‘on xostni kiritishidan bo‘lak narsa emas. Hatto oxirgi 
    obyekt haqiqiy bo‘lsa ham marshrutni axborot baribir yolg‘on 
    xostdan o ‘tadigan qilib qurish mumkin.
    Marshrutni o'zgartirish uchun hujum qiluvchi tarmoqqa 
    tarmoqni boshqaruvchi qurilmalar (masalan, marshrutizatorlar) no­
    midan berilgan tarmoqni boshqaruvchi protokollar orqali aniqlangan
    33


    maxsus xizmatchi xabarlami jo ‘natishi lozirn. Marshrutni muvaf- 
    faqiyatli o ‘zgartirish natijasida hujum qiluvchi taqsimlangan tar- 
    moqdagi ikkita obyekt almashadigan axborot oqimidan to‘la nazo- 
    ratga ega bo‘ladi, so'ngra axborotni ushlab qolishi, tahlillashi, modi- 
    fikatsiyalashi yoki oddiygina yo‘qotishi mumkin. Boshqacha aytganda, 
    tahdidlaming barcha turlarini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
    Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan 
    hujumlar - DDoS (Xizmat qilishdan taqsimlangan voz kechish) 
    kompyuter jinoyatchiligining nisbatan yangi xili boisa-da, qo'r- 
    qinchli tezlik bilan tarqalmoqda. Bu hujumlaming o ‘zi anchagina 
    yoqimsiz bo‘lgani yetmaganidek, ular bir vaqtning o ‘zida maso- 
    fadan boshqariluvchi yuzlab hujum qiluvchi serverlar tomonidan 
    boshlanishi mumkin. Xakerlar tomonidan tashkil etilgan uzellarda 
    DDoS hujumlar uchun uchta instrumental vositani topish mumkin: 
    trinoo, TribeFloodNet (TFN) va TFN2K. Yaqinda TFN va trinoo­
    ning eng yoqimsiz sifatlarini uyg‘unlashtirgan yana bittasi 
    stacheldraht ("tikon simlar") paydo bo‘ldi.
    2.1-rasmda xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan hujum 
    vositalarining xarakteristikalari keltirilgan.

    Download 10,28 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   183




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish