xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan siyosiy muno-
sabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning omma-
viy
tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik
bo’lmaydi. Fuqarolaming siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy
madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy rivojiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Ijtimoiy xavfsizlik - shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim
manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ijtimoiy xavfsizlikning obyekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomo-
nidan tartibga solinuvchi xalq turmushi sifati va darajasini
ta’minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy elementlari. Ijtimoiy
rivojlanish strategiyasi, ulaming uzoqligiga, kambag‘allik dara-
jasiga, turmush darajasidagi
mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va
sog‘liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi m a’naviyat va madaniyatning
umumiy darajasiga va nihoyat, demografik muammolariga ta’siri
ma’lum.
Ma 'naviy xavfsizlik - bugungi kunda inson ma’naviyatiga
qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas b o iib tuyuladigan
kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan
kuch olib, ko‘zga ko’rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan
qoplab boim aydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa,
ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini
tarqatish, kerak
b o isa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlaming necha
ming yillik an’ana va qadriyatlarini, turmush tarzining ma’naviy
negizlariga bepisandlik, ulami qo‘porishga qaratilgan xatarli
tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Hozirgi vaqtda
axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy
qadriyatlami mensimasdan, eskilik sarqiti
deb qarash bilan bogiiq
holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va
yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda
bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi
kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro
xavfsizlik
deganda
dunyo
hamjamiyatining
barqarorligini
ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Boshqacha
aytganda, xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar subyektlariga
7
urush xavfi yoki suveren hayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan
boshqa tajovuz xavfi boim agan holat. BMT Nizomiga binoan,
hozirda xalqaro tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida
Xavfsizlik Kengashi belgilangan.
Faqat aynan ushbu Kengash
agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash huquqiga ega.
Axborot xavfsizligi - mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik
subyektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy
sirga ega maxsus ma’lumotlaming ishonchli himoyalanganligi
holati.
Harbiy xavfsizlik - harbiy siyosat 0 ‘zbekiston Respublikasi
harbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi.
Harbiy doktrina - 0 ‘zbekiston Respublikasining harbiy xavfsiz-
ligining harbiy-siyosiy, harbiy-strategik
va harbiy-iqtisodiy asosla-
rini belgilovchi rasmiy qarashlar majmui. Harbiy doktrinaning hu-
quqiy asosini 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar
hamda harbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi 0 ‘zbekiston Res
publikasining xalqaro shartnomalari tashkil etadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasining harbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli
Kuchlaming Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Chegaraviy xavfsizlik - 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat
chegarasi va chegara oldi hududlarining himoyalanganlik holati.
Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda
muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, chunki davlat
barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog‘-
langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash
zaruriyati davlat chegarasi
va chegara oldi hududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga
asoslangan.
Ekologik xavfsizlik. Sivilizatsiyaning a tr o f - muhitga faol ta’si-
ri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu
salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan
va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydala-
nilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.
8