• Juda xavfli viruslar
  • Buzmaydigan viruslar
  • Troyan dasturlar
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   249
    Xavfsiz viruslar -
    tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, 
    video) bilan bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsa-da, dastur va 
    ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi.
    Xavfli viruslar -
    kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sa- 
    bab bo‘luvchi viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi 
    mumkin.
    Juda xavfli viruslar -
    dastur va ma’lumotlami buzilishiga 
    hamda kompyuter ishlashiga, zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita 
    olib keluvchi, muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan 
    viruslar.
    Boshqarishni vims dastur - eltuvchisiga o ‘tkazish.
    Ta’kidlash 
    lozimki, viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi.
    Buzuvchi viruslar
    dasturlar zaharlanganida ulaming ishga layo- 
    qatligini saqlash xususida qayg‘urmaydilar, shu sababli ularga ush­
    bu bosqichning ma’nosi yo‘q.
    Buzmaydigan viruslar
    uchun ushbu bosqich xotirada dastumi 
    korrekt ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni 
    virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish bilan bog‘liq.
    Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillaru
    Viruslardan 
    tashqari, zarar keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud:
    176


    - troyan dasturlari;
    - mantiqiy bombalar;
    - masofadagi kompyuterlami yashirincha ma’murlovchi xaker 
    utilitalari;
    - Intemetdan va boshqa konfxdensial axborotdan foydalanish 
    parollarini o‘g‘rilovchi dasturlar.
    Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida vi­
    ruslar bo‘lishi, viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mum- 
    kin va h.
    Troyan dasturlar
    o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tash- 
    qaridan troyan dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali 
    funksiyalarni tavsiya etadi. Ammo foydalanuvchi bunday dastumi 
    kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur bildirmay zarar kelti- 
    ruvchi funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan dasturlar 
    viruslarni dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyu- 
    terdan foydalanishda, ma’lumotlami o‘g‘rilashda yoki ulami yo‘q 
    qilishda ishlatiladi.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish