rejimlardan foydalanib, yashash makonini zaharlaydi va ma’lum
sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi. Rezident viruslar
xotirada joylashadi va kompyuter o‘chirilishigacha yoki operatsion
tizim qayta yuklanishigacha faol holda bo‘ladi.
Rezident bo 'Imagan viruslar
faqat faollashgan vaqtlarida xoti-
raga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Ke-
yin bu viruslar xotirani butunlay tark etib, yashash makonida qoladi.
Ta’kidlash lozimki, viruslami rezident va rezident bo‘lmagan-
larga ajratish faqat fayl viruslariga taalluqli. Yuklanuchi va makro-
viruslar rezident viruslarga tegishli.
Qurbonni qidirish.
Qurbonni qidirish usuli bo‘yicha viruslar
ikkita sinfga bo‘linadi. Birinchi sinfga operatsion tizim fimksiyala-
ridan foydalanib, faol qidirishni amalga oshiruvchi viruslar kiradi.
Ikkinchi sinfga qidirishning passiv mexanizmlarini amalga oshi
ruvchi, ya’ni dasturiy fayllarga tuzoq qo‘yuvchi viruslar taalluqli.
Topilgan qurbonni zaharlash.
Oddiy holda zaharlash degan-
da, qurbon sifatida tanlangan obyektda virus kodining o‘z-o‘zini
nusxalashi tushuniladi.
A w al fayl viruslarining zaharlash xususiyatlarini ko‘raylik.
Bunda ikkita sinf viruslari farqlanadi. Birinchi sinf viruslari o'zining
kodini dasturiy faylga bevosita kiritmaydi, balki fayl nomini o‘zgar-
tirib, virus badani bo‘lgan yangi faylni yaratadi. Ikkinchi sinfga
qurbon fayllariga bevosita kiruvchi viruslar taalluqli. Bu viruslar
kiritilish joylari bilan xarakterlanadi. Quyidagi variantlar bo‘lishi
mumkin: