Dastur-taftishchilar
(CRC-skanerlar) viruslarni qidirishda
0
‘z-
garishlami aniqlovchi usuldan foydalanadi. CRC-skanerlar diskdagi
fayllar/tizimli sektordagilar uchun CRC-yig‘indini (siklik nazorat
kodini) hisoblashga asoslangan. Bu CRC-yig‘indilar virusga qarshi
ma’lumotlar ba’zasida fayllar uzunligi, sanalar va oxirgi modifykat-
siyasi va boshqa parametrlar xususidagi qo‘shimcha axborotlar bilan
bir qatorda saqlanadi. CRC-skanerlar ishga tushirilishida ma’lumot
lar bazasidagi ma’lumot bilan real hisoblangan qiymatlami taqqos-
laydi. Agar ma’lumotlar bazasidagi yozilgan fayl xususidagi axborot
real qiymatlarga mos kelmasa, CRC-skanerlar fayl o‘zgartirilganligi
yoki virus bilan zaharlanganligi xususida xabar beradi. Odatda, ho-
latlami taqqoslash operatsion tizim yuklanishidan so‘ng darhol o‘t-
kaziladi.
CRC-skanerlaming kamchiligi sifatida ulaming yangi fayllar-
dagi viruslarni aniqlay olmasligini ko‘rsatish mumkin, chunki ular-
ning ma’lumotlar bazasida bu fayllar xususidagi axborot mavjud
emas.
Dastur-blokirovka qiluvchilar
vimsga qarshi monitoringlash
usulini amalga oshiradi. Vimsga qarshi blokirovka qiluvchilar rezi
dent dasturlar bo‘lib, virus xavfi vaziyatlarini to‘xtatib qolib, u xu
susida foydalanuvchiga xabar beradi. Vims xavfi vaziyatlariga vi-
mslaming ko‘payishi onlaridagi xarakterli chaqiriqlar kiradi. Blo
kirovka qiluvchilaming afzalliklari sifatida vimslar ko‘payishining
ilk bosqichida ulami to‘xtatib qolishini ko‘rsatish mumkin. Bu,
ayniqsa, ko‘pdan beri ma’lum virasning muntazam paydo*bo‘lishida
muhim hisoblanadi. Ammo ular fayl va disklami davolamaydi. Blo
kirovka qiluvchilaming kamchiligi sifatida ular himoyasining ay-
lanib o‘tish yo‘llarining mavjudligini va ulaming "xiralikligini"
(masalan, ular bajariluvchi fayllaming har qanday nusxalanishiga
urinish xususida muntazam ogohlantiradi) ko‘rsatish mumkin. Ta’-
kidlash lozimki, kompyuter apparat komponenti sifatida yaratilgan
virusga qarshi blokirovka qiluvchilar mavjud.