• Virusga qarshi dasturning sifat mezonlari.
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   249
    Dastur-immunizatorlar
    - fayllar zaharlanishini oldini oluvchi 
    dasturlar ikki xilga bo‘linadi: zaharlanish xususida xabar bemvchi 
    va vimsning qandaydir xili bo‘yicha zaharlanishni blokirovka 
    qiluvchi. Birinchi xil immunizatorlar, odatda, fayl oxiriga yoziladi 
    va fayl ishga tushirilganda har doim uning o‘zgarishini tekshiradi.
    183


    Bunday immunizatorlar bitta jiddiy kamchilikka ega. Ular stels- 
    virus bilan zaharlanishni aniqlay olmaydilar. Shu sababli bu xil 
    immunizatorlar hozirda ishlatilmaydi.
    Ikkinchi xil immunizatorlar tizimni virusning ma’lum turi bilan 
    zaharlanishdan himoyalaydi. Bu immunizator dastur yoki diskni 
    shunday modifikatsiyalaydiki, bu modifikatsiyalash ulaming ishiga 
    ta’sir etmaydi, vims esa ulami zaharlangan deb qabul qiladi va suqi­
    lib kirmaydi. Immunizatsiyalashning bu xili universal bo‘la olmay- 
    di, chunki fayllami barcha ma’lum viruslardan immunizatsiyalash 
    mumkin emas. Ammo bunday immunizatorlar chala chora sifatida 
    kompyutemi yangi no‘malum vimsdan, u vimsga qarshi skanerlar 
    tomonidan aniqlanishiga qadar, ishonchli himoyalashi mumkin.
    Virusga qarshi dasturning sifat mezonlari.
    Vimsga qarshi 
    dastumi bir necha mezonlar bo‘yicha baholash mumkin. Quyida bu 
    mezonlar muhimligi darajasi pasayishi tartibda keltirilgan:
    - ishonchlilik va ishlash qulayligi - foydalanuvchilardan max- 
    sus harakatlami talab etuvchi texnik muammolaming yo‘qligi; vi­
    msga qarshi dasturning ishonchliligi eng muhim mezon hisoblanadi, 
    chunki hatto eng yaxshi vimsga qarshi dastur skanerlash jarayonini 
    oxirigacha olib bora olmasa, u befoyda hisoblanadi;
    - vimslami barcha tarqalgan xillarini aniqlash fazilati, ichki 
    fayl-hujjatlar/jadvallami (MSOffice), joylashtirilgan va arxivlangan 
    fayllami skanerlash, vimsga qarshi dasturning asosiy vazifasi-100% 
    vimslami aniqlash va ulami davolash;
    - barcha ommaviy platformalar (DOS, Windows 95/NT, 
    NovellNetWare, OS/2, Alpha, Linux va h.) uchun vimsga qarshi 
    dastur versiyalarining mavjudligi; so‘rov bo‘yicha skanerlash va 
    "bir zumda” skanerlash rejimlarining borligi, tarmoqni ma’murlash 
    imkoniyatli server versiyalarining mavjudligi. Vimsga qarshi das- 
    tuming ko‘p platformaliligi muhim mezon hisoblanadi, chunki 
    muayyan operatsion tizimga mo‘ljallangan dasturgina bu tizim 
    funksiyalaridan to‘la foydalanishi mumkin. Fayllami "bir zumda" 
    tekshirish imkoniyati ham vimsga qarshi dasturlaming yetarlicha 
    muhim mezoni hisoblanadi. Kompyuterga keluvchi fayllarni va 
    qo‘yiluvchi disketlami bir lahzada va majburiy tekshirish, vimsdan 
    zaharlanmaslikka 100%-li kafolat beradi. Agar vimsga qarshi
    184


    dastuming server variantida tarmoqni ma’murlash imkoniyati 
    bo‘lsa, uning qiymati yanada oshadi;
    - ishlash tezligi. Virusga qarshi dastuming ishlash tezligi ham 
    uning muhim mezoni hisoblanadi. Turli vimsga qarshi dasturlarda 
    vimsni qidirishning har xil algoritmlaridan foydalaniladi. Bir 
    algoritm tezkor va sifatli bo‘Isa, ikkinchisi sust va sifati past bo‘lishi 
    mumkin.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish