• Marshrutizator
  • Xabarlar oqimini filtrlash va о ‘zgartirish




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet138/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   249
    Xabarlar oqimini filtrlash va о ‘zgartirish
    vositachi tomonidan 
    qoidalaming berilgan to‘plami yordamida bajariladi. Bunda vosita- 
    chi-dasturlaming ikki xili farqlanadi:
    - servis turini aniqlash uchun xabarlar oqimini tahlillashga 
    mo‘ljallangan ekranlovchi agentlar, masalan, FTP, HTTP, Telnet;
    - barcha xabarlar oqimini ishlovchi universal ekranlovchi 
    agentlar, masalan, kompyuter viruslarini qidirib zararsizlantirishga 
    yoki ma’lumotlami shaffof shifrlashga mo‘ljallangan agentlar.
    Dasturiy vositachi unga keluvchi ma’lumotlar paketini tah- 
    lillaydi va agar qandaydir obyekt berilgan mezonlarga mos kelmasa, 
    vositachi uning keyingi siljishini blokirovka qiladi yoki mos 
    o‘zgarishini, masalan, oshkor qilingan kompyuter vimslami zarar- 
    sizlantirishni bajaradi. Paketlar tarkibini tahlillashda ekranlovchi 
    agentning o‘tuvchi faylli arxivlami avtomatik tarzda ocha olishi 
    muhim hisoblanadi.
    197


    Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash
    ba’zida oddiy identifikatomi (ism) va parolni taqdim etish bilan 
    amalga oshiriladi (8.3-rasm). Ammo bu sxema xavfsizlik nuqtayi 
    nazaridan zaif hisoblanadi, chunki parolni begona shaxs ushlab 
    qolib, ishlatishi mumkin. Internet tarmog‘idagi ko‘pgina mojarolar 
    qisman an’anaviy ko‘p marta ishlatiluvchi parollaming zaifligidan 
    kelib chiqqan.
    Autentifikatsiyalashning ishonchliroq usuli - bir marta ishlati­
    luvchi parollardan foydalanishdir. Bir martali parollami generatsiya- 
    lashda apparat va dasturiy vositalardan foydalaniladi. Apparat vosi­
    talari kompyuteming slotiga o‘matiluvchi qurilma bo‘lib, uni ishga 
    tushirish uchun foydalanuvchi qandaydir maxfiy axborotni bilishi 
    zarur. Masalan, smart-karta yoki foydalanuvchi tokeni axborotni 
    generatsiyalaydi va bu axborotni xost an’anaviy parol o‘mida ish- 
    latadi. Smart-karta yoki token xostning apparat va dasturiy ta’minoti 
    bilan birga ishlashi sababli, generatsiyalanuvchi parol har bir seans 
    uchun noyob bo‘ladi.
    Ishonchli organ, masalan, kalitlami taqsimlash markazi tomo- 
    nidan beriluvchi raqamli sertifikatlami ishlatish ham qulay va 
    ishonchli. Ko‘pgina vositachi dasturlar shunday ishlab chiqiladiki, 
    foydalanuvchi faqat tarmoqlararo ekran bilan ishlash seansining bo- 
    shida autentifikatsiyalanadi. Bundan keyin ma’mur belgilagan vaqt 
    mobaynida undan qo‘shimcha autentifikatsiyalanish talab etilmaydi.
    Tarmoqlararo ekranlar tarmoqdan foydalanishni boshqarishni 
    markazlashtirishlari mumkin. Demak, ular kucjiaytirilgan autentifi­
    katsiyalash dasturlari va qurilmalarini o‘matishga munosib joy hi­
    soblanadi. Garchi kuchaytirilgan autentifikatsiya vositalari har bir 
    xostda ishlatilishi mumkin bo‘lsa-da, ulaming tarmoqlararo ekran- 
    larda joylashtirish qulay. Kuchaytirilgan autentifikatsiyalash chora- 
    laridan foydalanuvchi tarmoqlararo ekranlar bo‘lmasa, Telnet yoki 
    FTP kabi ilovalaming autentifikatsiyalanmagan trafigi tarmoqning 
    ichki tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishi mumkin.
    Qator tarmoqlararo ekranlar autentifikatsiyalashning keng tar- 
    qalgan usullaridan biri - Kerberosni madadlaydi. Odatda, aksariyat 
    tijorat tarmoqlararo ekranlar autentifikatsiyalashning turli sxemala- 
    rini madadlaydi. Bu esa, tarmoq xavfsizligi ma’muriga o‘zining sha- 
    roitiga qarab eng maqbul sxemani tanlash imkonini beradi.
    198


    Marshrutizator
    stansiya 
    stansiya
    8.3-rasm. Parol bo‘yicha foydalanuvchini autentifikatsiyalash
    sxemasi.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xabarlar oqimini filtrlash va о ‘zgartirish

    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish