• M akroviruslar
  • Vim slam ing hayot davri.
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   249
    Yuklama viruslar
    o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot -
    sektoriga) yoki vinchesteming tizimli yuklovchisi (MasterBootRe- 
    cord) bo‘lgan sektorga yozadi. Yuklama viruslar tizim yuklanishida 
    boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
    172


    M akroviruslar
    axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlaming 
    makrodasturlarini va fayllarini, xususan, Microsoft Word, Micro- 
    Soft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlaming fayl-hujjatlarini va 
    elektron jadvallarini zaharlaydi.
    Tarmoq virus lari
    o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va 
    elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’- 
    zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tar­
    moq viruslari Intemet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC- 
    qurtlarga (chatlar, IntemetRelayChat) bo‘linadi.
    Kompyuter viruslarining ko‘pgina kombinatsiyalangan xillari 
    ham mavjud, masalan - tarmoqli makrovirus tahrirlanuvchi hujjat- 
    lami zaxarlaydi hamda o‘zining nusxalarini elektron pochta orqali 
    tarqatadi. Boshqa bir misol sifatida fayl-yuklama viruslarini ko‘rsa- 
    tish mumkinki, ular fayllarni hamda disklaming yuklanadigan sek- 
    torini zaharlaydi.
    Vim slam ing hayot davri.
    Har qanday dasturdagidek, kompyu­
    ter viruslari hayot davrining ikkita asosiy bosqichini - saqlanish va 
    bajarilish bosqichlarini ajratish mumkin.
    Saqlanish bosqichi
    virusning diskda u kiritilgan obyekt bilan 
    birgalikda shundaygina saqlanish davriga to‘g ‘ri keladi. Bu bosqich- 
    da virus virusga qarshi dastur ta’minotiga zaif bo‘ladi, chunki u faol 
    emas va himoyalanish uchun operatsion tizimni nazorat qila ol- 
    maydi.
    Kompyuter viruslarining 
    bajarilish davri,
    odatda, beshta 
    bosqichni o‘z ichiga oladi:
    1. Virusni xotiraga yuklash.
    2. Qurbonni qidirish.
    3. Topilgan qurbonni zaharlash.
    4. Destruktiv funksiyalami bajarish.
    5. Boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tkazish.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish