Signalizatsiya shleyfi
elektr
zanjimi hosil qilib, datchiklar va
qabul qiluvchi - nazoratlovchi asboblaming elektr bog‘lanishini
ta’minlaydi. Ulovchi simlami tejash maqsadida datchiklar guruhlar-
ga birlashtiriladi, shleyflar esa qabul qiluvchi -
nazoratlovchi asbob
bilan ulanadi. Masalan, qo‘riqlovchi va yong‘in datchiklari trevoga
signallarini bitta shleyf orqali uzatadi.
Shleyflar qancha ko‘p bo‘lsa, datchiklarning o‘matilish joylari-
ning lokalizatsiyalanganligi shunchalik aniq bo‘ladi va niyati buzuq
ning suqilib kirish joyi aniqroq aniqlanadi. Undan tashqari qo‘riq-
lash va yong‘in signalizatsiyalari uchun alohida shleyflar bo‘lishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holda yong‘indan qo‘riqlash-
ning signalizatsiya vositalarini ish vaqtida o'chirib qo‘yish mumkin.