• 1.4. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi
  • KORXONA ARXITEKTURASI
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   249
    Nazorat savollari:
    1. Xavfsizlik siyosatini va uning ahamiyatini jzohlab bering.
    2. Xavfsizlik siyosatini aniqlashda qanday amallardan foyda- 
    laniladi?
    3. Xavfsizlik siyosati qaysi bo‘limlami o‘z ichiga olishi mum- 
    kinligini va ulami mohiyatini tushuntirib bering
    4. Xavfsizlik siyosatining hayotiy sikli qanday ifodalanadi?
    5. SANS instituti taqdim etgan xavfsizlik siyosati shablonlarini 
    yoritib bering.
    1.4. Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi
    Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘nda- 
    langki, beqaror iqtisodiy vaziyatda ulaming dolzarbligi yanada 
    oshadi. Bunday masalalarga quyidagilami kiritish mumkin:
    - daromadning oshishi;
    18


    - o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
    - xarajat va chiqimlaming pasayishi;
    - innovatsiyaning tezlashishi;
    -bozorga mahsulot va xizmatlami taqdim etish vaqtining 
    qisqarishi;
    - buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;
    - raqobatlik qobiliyatining oshishi;
    - me’yoriy talablarga moslikni ta ’minlash.
    Yuqorida keltirilgan barcha masalalami yechishda korxona 
    arxitekturasidan foydalaniladi (1.2-rasm). Korxona arxitekturasi 
    prinsiplar, yondashishlar va texnologiyalar naborini shakllantirishga 
    imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan holda 
    uning kelgusi transformatsiyasi, o ‘sishi va rivojlanishi asosini 
    belgilaydi.
    KORXONA ARXITEKTURASI
    Tijorat
    arxitekturasi
    Axborot
    arxitekturasi
    Ilovalar
    arxitekturasi
    Infrastruktura
    arxitekturasi
    yV
    1.2-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar 
    bilan bog‘liqligi.
    Hozirda bunday arxitekturalami yaratishda bir necha yonda­
    shishlar mavjud, masalan, TOGAF, Zachman Framework, FEAF, 
    DoDAF va h.
    Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda 
    axborotdan va axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin 
    emas. Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday 
    o‘zgarishlami madadlaydi, balki ulami oldindan sezadi, ularga ol- 
    dindan tayyorlanadi, ba’zi hollarda esa yangi tijorat-imkoniyatla- 
    rining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo
    19


    istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlaming sirqib chiqishi
    axborot texnologiyalari infrastrukturasi elementlarining ishdan 
    chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot operatsion xavf-xatarlar 
    anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak xavf-xatarga tayyor 
    bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy 
    bog‘langan axborot xavfsizligi arxitekturasi zarur.
    Axborot xavfsizligi arxitekturasi
    jarayonlami, inson rolini, 
    texnologiyalami va turli xil axborotni tavsiflaydi hamda zamonaviy 
    korxonaning murakkabligini va o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. 
    Boshqacha aytganda, axborot xavfsizligining arxitekturasi tashkilot- 
    ning va u bilan bog‘liq boshqa komponentlar va interfeyslaming is- 
    talgan axborot xavfsizligi tizimi holatini tavsiflaydi. Bunda axborot 
    xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgu- 
    .sidagi ehtiyojini akslantiradi.
    Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi - konseptual, 
    mantiqiy va amalga oshirish (texnologik). 1.3-rasmda bunday 
    arxitektura keltirilgan bo‘lib, odatda texnologiyalar jihatidagi qismi 
    xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi.
    Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va qo‘yilgan 
    maqsadlarga mos holatga o‘tish mumkin? Buning uchun strategiya, 
    ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun harakat yo‘nalishi 
    mavjud.
    1.3-rasm. Axborot xavfsizligi arxitekturasi.
    20


    Strategiya
    - korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat 
    yuritishini ta’minlashga mo‘ljallangan strukturalangan va o‘zaro 
    bog‘langan harakatlar to‘plami. 1.4-rasmda arxitektura bilan strate- 
    giyaning o‘zaro bog‘liqligi keltirilgan. Strategiya axborot xavfsizligi 
    arxitekturasi ko‘rinishidagi maqsadga ega bo‘lgan holda unga 
    erishishning optimal yo‘lini belgilaydi.

    Download 7,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish