• 1.3. Xavfsizlik siyosati
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249
    Nazorat savollari:
    1. Axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari nima va u qaysi 
    asosiy guruhlami o‘z ichiga oladi?
    2. Axborot xavfsizligi subyektlarining kategoriyalarini tushun- 
    tirib bering.
    3. Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab 
    olgan konfidensiallik, yaxlitlik, identifikatsiya va autentifikatsiya 
    kabi masalalarini yoritib bering.
    4. Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab 
    olgan vakolat berish, foydalanishni nazoratlash, mulkfik huquqi, 
    sertifikatsiya kabi masalalarini yoritib bering.
    5. Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab 
    olgan imzo, voz kechmaslik, sanasini yozish kabi masalalarini 
    yoritib bering.
    6. Axborot xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifalari qamrab 
    olgan olganligiga tilxat berish, bekor qilish, anonimlik kabi 
    masalalarini yoritib bering.
    7. Axborot xavfsizligini ta’minlash darajalarini tavsiflab 
    bering.
    13


    1.3. Xavfsizlik siyosati
    Axborot xavfsizligi siyosati (yoki xavfsizlik siyosati) -
    tashkilotning maqsadlari va vazifalari hamda xavfsizlikni ta’minlash 
    sohasidagi tadbirlar tavsiflanadigan yuqori darajadagi reja. Siyosat 
    xavfsizlikni umumlashgan atamalarda, spetsifik detallarsiz tavsif- 
    laydi. U xavfsizlikni ta’minlashning barcha dasturlarini rejalash- 
    tiradi. Axborot xavfsizligi siyosati tashkilot masalalarini yechish 
    himoyasini yoki ish jarayoni himoyasini ta’minlashi shart.
    Apparat vositalar va dasturiy ta’minot ish jarayonini 
    ta’minlovchi vositalar hisoblanadi va ular xavfsizlik siyosati 
    tomonidan qamrab olinishi shart. Shu sababli asosiy vazifa sifatida 
    tizimni (jumladan tarmoq xaritasini) to‘liq inventarizatsiyalashni 
    ko‘zda tutish lozim. Tarmoq xaritasini tuzishda har bir tizimdagi 
    axborot oqimini aniqlash lozim. Axborot oqimlari sxemasi axborot 
    oqimlari biznes-jarayonlami qanchalik ta’minlayotganini ko‘rsatishi 
    mumkin hamda axborotni himoyalash va yashovchanligini ta’minlash 
    uchun qo‘shimcha choralami ko‘rish muhim bo‘lgan sohani 
    ko‘rsatishi mumkin. Undan tashqari bu sxema yordamida axborot 
    ishlanadigan joyni, ushbu axborot qanday saqlanishi, qaydlanishi, 
    joyini o‘zgartirishi va nazoratlanishi lozimligini aniqlash mumkin.
    Inventarizatsiya apparat va dasturiy vositalardan tashqari 
    dasturiy hujjat, apparatura hujjatlari, texnologik hujjat va h. kabi 
    kompyuterga taalluqli bo‘lmagan resurslami ham qamrab olishi 
    shart. Ushbu hujjatlar tarkibida tijoratni tashkil etish xususiyatlari 
    to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi mumkin va bu hujjatlar buzg‘unchilar 
    foydalanishi mumkin bo‘lgan joylami ko‘rsatadi.
    Axborot xavfsizligi siyosatini aniqlashda quyidagilar amalga 
    oshirilishi lozim:
    1. 
    Axborot xavfsizligi sohasida amal qilinadigan hujjatlar va 
    standartlami hamda axborot xavfsizligi siyosatining asosiy nizom- 
    larini aniqlash, ya’ni:
    - kompyuter texnikasi vositalaridan, dasturlardan va ma’lumot- 
    lardan foydalanishni boshqarish;
    - virusga qarshi himoya;
    - rezervli nusxalash masalalari;
    - ta’mirlash va tiklash ishlarini o‘tkazish;
    14


    - axborot xavfsizligi sohasidagi mojarolar xususida xabardor 
    qilish.
    2. Xavf-xatarlami boshqarishga yondashishlami aniqlash, ya’ni 
    himoyalanganlikning bazaviy sathi yetarli ekanligini yoki xavf- 
    xatarlami tahlillashning to‘liq variantini o‘tkazish talab etilishini 
    aniqlash.
    3. Axborot xavfsizligi rejimiga qo‘yiladigan talablami 
    aniqlash.
    4. Sathlar bo‘yicha qarshi choralami strukturizatsiyalash.
    5. Axborot xavfsizligi sohasida sertifikatsiyalash tartibining 
    standartlarga mosligini aniqlash.
    6. Rahbariyatda axborot xavfsizligi mavzui bo‘yicha kengash- 
    lar o‘tkazish davriyligini, xususan, axborot xavfsizligi siyosatining 
    nizomlarini qayta ko‘rish hamda axborot tizimining barcha 
    kategoriyali foydalanuvchilarini axborot xavfsizligi masalalari 
    bo‘yicha o‘qitish tartibini aniqlash.
    Tashkilotning real xavfsizlik siyosati quyidagi bo‘limlami o‘z 
    ichiga olishi mumkin:
    - umumiy qoidalar;
    - parollami boshqarish siyosati;
    - foydalanuvchilami identifikatsiyalash;
    - foydalanuvchilaming vakolatlari;
    - tashkilot 
    axborot 
    resurslarini 
    kompyuter 
    vimslaridan 
    himoyalash;
    - tarmoq bog‘lanishlarini o‘matish va nazoratlash qoidalari;
    - elektron pochta tizimi bilan ishlash bo‘yicha xavfsizlik 
    siyosati qoidalari;
    - axborot resurslari xavfsizligini ta ’minlash qoidalari;
    - foydalanuvchilaming xavfsizlik siyosati qoidalarini bajarish 
    bo‘yicha majburiyatlari va h.
    Qoidalar tashkilotning rivojlanishiga, yangi texnologiyalar, 
    tizimlar va loyihalar paydo bo‘lishiga muvofiq o‘zgarishi lozim. 
    Buning uchun qoidalami davriy ravishda qayta ко‘rib chiqish kerak. 
    Xavfsizlik siyosatini qayta ко‘rib chiqish usullaridan biri axborot 
    kommunikatsiya tizimlari auditi hisoblanadi. Shu sababli tashkilot 
    xavfsizlik siyosati va tabiiyki, axborot xavfsizligi siyosati o‘zining 
    hayotiy sikliga ega deyish mumkin (1 .l-rasm).


    1.1-rasm. Xavfsizlik siyosatining hayotiy sikli.
    Xavfsizlik siyosati qoidalarini qayta ко‘rib chiqish muddatlari 
    xususida aniq bir ko‘rsatma mavjud emas. Ammo ushbu muddat olti 
    oydan bir yilgacha belgilanishi tavsiya etiladi.
    Xavfsizlik qoidalari ishlab chiqilganidan va amalga kiritil- 
    ganidan so‘ng foydalanuchilar axborot xavfsizligi talablari bilan 
    tanishib chiqishlari, xodimlar esa qoidalami o‘rganishlari lozim. 
    Mojarolar pay do bo‘lganda ishlab chiqilgan reja bo‘yicha hara- 
    katlanish tavsiya etiladi.
    Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha shug‘ul- 
    lanadigan yetakchi tashkilotlar xavfsizlik siyosati shablonlarini 
    ishlab chiqdilar. Masalan, SANS (System Administration Networ­
    king and Security) instituti turli xavfsizlik siyosatining shablonlari 

    Download 7,8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish